Muqimiy

Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxo’ja Mirzaxo’ja o’g’li) (1850 — Qo’qon -1903.25.5) — shoir va mutafakkir. O’zbek demo-kratik adabiyoti asoschila- ridan. Otasi toshkentlik, onasi oy- shabibi xo’jandlik bo’lib, Qo’qonda yashaganlar. M. boshlang’ich ma’lumotni mahallasidagi maktabda olgan. Ona- si Muhammad Aminxo’jada she’riyatga havas uyg’otgan. M. Qo’qondagi Nodira bino qildirgan «moxlar oyim» madra- sasida, so’ng Buxoro madrasalaridan birida o’qigan (1864-65; 1875-76). 1876 y.da Qo’qonga qaytgach, er qurilishi Mahkamasida mirzalik qilgan. 70-y.lar oxirlarida Qo’qonga qaytgan va ijod b-n shug’ullangan. Otasi vafotidan so’ng moddiy ahvoli og’irlashgach, «Hazrat» ma- drasasining kichik bir hujrasiga ko’chib o’tgan (1885), butun umri qashshoklikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sa-yohat qilgan (1887-88, 1892), Toshkentdagi yangiliklar b-n tanishgan. Tosh-kent ma- Daniy va adabiy hayotini chuqur o’rgangan. Almaiy, Nodim kabi ilg’or ruxdagi ijodkorlar b-n aloqa bog’lab, ijodiy hamkorlik qilgan. M. yashab ijod et- gan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit M. ijodiga kuchli ta’- sir ko’rsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, san’- atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil an’analar- dan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar b-n qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan o’rgandi, ular g’azallariga muxammaslar bog’ladi. Jomiyni o’ziga ustoz bildi. O’zbek, fors mumtoz shoirla- ri an’-analarini davom ettirdi. O’zbek adabiyotida demokratik yo’nalishning vujudga kelishi va shakllanishi M. nomi b-n bog’liq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilg’or fikrli shoir- lar o’zbek adabieti tarixida yangi sahifa ochdilar. M. lirikasi chuqur optimism b-n sug’orilgan, qayotiylik ushbu lirika- ning asosiy va etakchi xususiyatlaridan. M. Real muhabbatni, insonni kuylagan. She’rlarining tub mohiyatini inson ke- chinmalari, Sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda do’stlik, sadoqat, samimiyat, va- fodorlik, sabot va matonat ulug’langan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan («Ke- lur oxir seni ham yo’qlag’udek bir zamon yaxshi» va b.). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud bo’lgan she’rlari- da ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan. M. dunyoqarashi va intilishlari b-n muhit o’rtasidagi ziddiyat uning ijo- dida tanqidiy yo’nalishni maydonga keltirgan. Bu uning xdjviyotida ko’proq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga bo’linadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylar- ning kirdikorlari ochib tashlangan («ta- nobchilar» va b.)- «Saylov», «dar mazam- mati zamona» va b.da o’lkaga kirib kela- yotgan kapitalistik va g’ayriaxloqiy mu- nosabatlar hamda ularning oqibatlari ko’rsatilgan. Ba’zan, o’sha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan («Hajvi Halifai Mingtepa»). Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimo- iy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, xarobalikni zaharxandalik b-n tasvirlagan («devo- Namen», «Ko’samen» «hayron qildi loy», «Pash-shalar», «shikoyati bezak» va b.). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi o’zgarishlarga yangicha muno- sabat aks etgan («ta’rifi pech», «aroba qursin», «loy» va b.). M. o’zbek adabiyoti ga ishchilar mav- zu-ini olib kirdi, tiplar galereyasi- ni yaratdi («Maskovchi boy ta’rifida», «Voqeai Viktor» va b.). Turli shaxar va qishloqlarga qilgan sayohatlari ta-assurotlari asosida 4 qismli «Sayohatnoma» asarini yozdi. Asar engil, o’ynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali ban- dlardan tashkil topgan. Unda xalqtur- mushining og’irligi, qishloklarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni ma’qullab, go’zallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illat- larni tanqid qilgan. M.ning Nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi. 10 she’riy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan. She’- rlari qo’lyozmalar, bayozlar, 20-a. boshla- rida litografiyada nashr qilingan Kito- blar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha etib kelgan. M. ijodini o’rganish, asarlarini to’plash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov «Devoni Muqimiy» to’plamini (T., 1907) nashr qilgan, so’ng 1910,1912 y.larda «Devoni Muqimiy maa hajviyot» nomi b-n asarla- ri to’plami bosilgan. Keyingi davrlarda G’. G’ulom, Oybek, X,. Zarifov, H. Yoqubov, H. Razzoqov, G’. Karimov, A. Xayitme- tov va b. M. ijodini tadqiq etganlar. She’rlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qo’qonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Farg’ona viloyatidagi shaharcha, Toshkent ko’chalaridan biri, O’zbek davlat musiqali drama teatri M. nomi b-n ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla «Mavlono Muqimiy» romani va «Muqimiy» dramasini yaratgan. M.ning aksariyat g’azallari ashulaga aylangan. As: asarlar to’plami [2jli], T., 1960— 1961; Asarlar, T., 1974. Ad.: Yoqubov H., O’zbek demokrat sho- iri Muqimiy, T., 1953; Zarifov H., Muhammad Amin Muqimiy, T., 1955; ka- riMov F., Muqimiy. Hayoti va ijodi, T., 1970; Karimov F., O’zbek adabiyoti tari- XI, 3kitob, T., 1966, 1975, 1987. Sunnatilla Ahmedov.