Mushuklar
Mushuklar (Felis) — mushuksi- monlar oilasiga mansub yirtqich sut Emi- zuvchilar urug’i. Bo’yi dumg’aza qismida yag’riniga nisbatan baland. Tirnoqlari to’liq tortiladi. Evrosiyo, Afrika, Shim. va Jan. Amerikada tarqalgan; 30 turi, jumladan, O’zbekistonda 6 turi (silovsin, qoraquloq, to’qay mushugi, Manul, qum mushugi, yovvoyi mushuk) bor. Kuyikish davrida erkaklari baland ovoz b-n miyovlaydi va bir-biri b-n urisha- Di. Yiliga 2 marta 1-7 tadan bola- laydi. Yangi tug’ilgan bolasining ko’zi yumuqbo’ladi. M.ning ko’pchilik turlari mayda sut emizuvchilar (kemiruvchilar) va qushlar b-n, Sumatra M. i o’simliklar mevasi, Baliqchi M., asosan, baliq b-n oziqlanadi. Ayrim turlarining (mas, silovsin) mo’ynasi qimmatbaho. Liviya M.i kenja turi barcha xonaki M.ning nael boshi hisoblanadi. Xonaki M. ke- miruvchilarni qirib, foyda keltirsa, qushlarni eb zarar keltiradi. 7 turi va 4 ta kenja turi xalqaro qizil kitobga, O’zbekistonda uchraydigan barcha turlari ham qizil kitobga kiritilgan (yana q. Xonaki Mushuklar).
O‘xshash so‘zlar
- Mushuklar haqida 20 ta ajoyib fakt
- Mushuklar haqida 25 ta qiziqarli fakt
- Mushuklar haqida qiziqarli ma’lumotlar
- Mushuklar haqida 50 ta qiziqarli faktlar
- Mushuklar zilzila boʻlishini oldindan sezadigan hayvon hisoblanadi.
- Mushuko’t, sassiqmatal
- Mushukquyruq
- Mushuksimonlar








