Mushuksimonlar

Mushuksimonlar (Felidae) -yirtqich sut emizuvchilar turkumi oi- lasi. Kattaligi har xil. Boshi yumaloq, dumi odatda uzun. Oyoqlari nisba- tan uzun, barmoklarida yuradi. Ol- dingi oyoklari 5 barmokli (1barmog’i boshqalaridan balandroqda joylash- gan), orqa oyoklari 4 barmokli. Tirno- klari yurganida oyog’i ichiga tortiladi (Ge-pardlarda tortilmaydi). Yirtqich, tunda faol hayot kechiradi, yirtqich tish- lari yaxshi rivojlangan, oziq tishlari o’tkir qirrali. Juni odatda qisqa, har xil rangli. 4 urug’ (yirik Mushuklar, Mushuklar, qor qoplonlari, gepardlar), 36 turi Avstraliya va Antarktidadan tashqari barcha qit’alarda tarqalgan. O’zbekistonda 8 turi (IRBIS, gepard, si- lovsin, qorakulok, to’qay mushugi, Manul, qum mushugi, yovvoyi mushuk) yashaydi. Ko’pchiligi yiliga bir marta 1-7 tadan bola tug’adi. O’ljasiga pana joyda poy- lab turib tashlanadi. Ko’pchilik turi tutqinlikda ham ko’pa-yadi. Ayrim turla- ri mo’ynasi uchun ovlanadi; chorvachilikka qisman ziyon keltiradi. 15 turi xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.