Musiqali drama
Musiqali drama — 1) musiqa (vokal va cholg’u) hamda so’z san’atiga asoslangan sax.na asari, musikali teatr janri. Ilk namunalari Sharq (mas, 5-a. Xindiston, 12-a. Xitoy)da shakllangan. Mazkur janr Ozarbayjonda 20-a. bo- shida, O’rta Osiyo va Qozog’istonda 1920- y.larda vujudga kelgan. M.D.da sahna voqealari, qahramonlarning ichki kechin- ma va holatlari, o’zaro mu-nosabatlari so’z, musiqa, dramatik harakat, shuning- dek, raqs orqali ifodalanadi, musiqa va so’z bir-birini to’ldirib, asar mazmuni- ni ochishga xizmat qiladi. O’zbekistonda M.D. janri 1910-20 y.lardan milliy adabiybadiiy tomosha san’ati va musi- ka merosi zaminida shakllana boshla- Di. Uning tarkib topishida o’zbek xalq tomoshalarida musiqadan foydalanish tajribalari, shuningdek, Ozarbayjon teatrining musiqali dramatik spektak- llari muhim rol o’ynadi. Hamzaning «Hoy, ishchilar», «qarmoq», «quzg’unlar» kabi instsenirovkalari, «Farg’ona foji- asi» tetralogiyasi; G’ulom za-fariyning «Halima» pesasi; Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» asar- larida M.D.ning o’ziga xos jihatlari mustahkamlana boshladi. O’zbek M.D.si o’z taraqqiyotida bir necha davrni bosib o’tdi. Dastavval pesaga mos musiqa ma- teriali xalq ijodidan saralab olingan bo’lsa, 1930-y.larning boshida S Abdul- laning «po’rtana», M. Muhamedov va K. Yashinning «ichkarida» kabi zamonaviy asarlari sahnalashtirilganida xalq musiqa merosi namunalarini qayta ish- lashga urg’u berilgan. O’zbek bastakor va kom-pozitorlari M.D. musiqasining ifodaviy imkoniyatlarini kengayti- rishdi. «Layli va Majnun» (Navoiy- ning shu nomli dostoni asosida Xurshid librettosi; T. Sodiqov va N. Mironov musiqasi), «Farhod va Shirin» (Navo- iy-Xurshid, V. Uspenskiy), «Gulsara» (K. Yashin; R. Glier) kabi M.D.lar shu- lar jumlasidandir. M.D.ning adabiy va musiqa jihatidan yuksalishida dra- maturglardan K. Yashin, S. Abdulla va bastakor T. Jalilovning xizmatlari katta. Ular qalamiga mansub «Nurxon», «Ravshan va Zulxumor» (K. Yashin; T. Ja- lilov), «Tohir va Zuhra», «Alpomish», «Muqimiy», «gul va Navro’z» (S. Abdul- la, T. Jalilov) kabi etuk M.D.lar mav- jud. 1950-y.lardan boshlab bu janrda mustaqil ijod qiluvchi o’zbek kompozi- torlari etishib chikdi: M. Leviev, A. Muhamedov, S. Boboev, H. Rahimov. Ik. Akbarov, D. Zokirov, D. Soatqulov, S. Jalil, M. Yusupov, S. Hayitboev, M. Ba- foev, M. Mahmudov, F. Olimov va b. Ular o’zbek musiqa merosi, Evropa professi- onal musiqa uslubi, ifoda vositalari va shakllari (jumladan, ariya, duet va b. ansambllar, xor va raqs sahnalari)ga tayanib, o’z M.D.larida haqiqiy musiqiy dramaturgiya hosil qilishga intilishdi. Dramaturg, kompozitor va ijrochilar- ning malakasi oshishi natijasida M.D. zamonaviy professional musiqali- dramatik janr darajasiga ko’tarildi va uziga xos xususiyatlariga ega bo’ldi. «Vatan ishqi» (3. Fatxullin, Sh. Sa’- dulla; S. Boboev), «Momo er» (Ch. Ayt- matov qissasi asosida T. Tula instseni- rovkasi; I. Akbarov musikasi), «Navoiy Astrobodda» (I. Maxsumov; Yu. Rajabiy, S. Jalil), «Prometey» (Yu. Marsinkya- Vichyus; M. Bafoev), «Yusuf va Zulayho» (R. Bobojon; F. Olimov), «kumush shahar malikasi» (I. Sulton; Ik. Akbarov) kabi M.D.lar bunga misoldir. Sof drama kabi M. D. ham musikali drama, musiqali fo- Jia, musikali komediya kabi turlarni o’z ichiga oladi. O’zbek kompozitorlari ijo- didan katta urin olgan musiqali kome- diyani musiqashunoslar mustaqil janr sifatida tadqiq qiladilar; 2) opera- ning dastlabki nomlaridan biri (ital. dramma in musica, dramma per(la) musica). 16-a. oxiri — 17-a. boshlarida Italiya (mas, K. Monteverdi ijodi)da paydo bo’lgan. 1639 y. paydo bulgan yangi «ope- ra» nomi M.D. urnini egallay boshlagan. 19-a. o’rtalarida R. Vagner o’zining yuksak musiqali-dramatik rivojiga ega bo’lgan «Nibelunglar uzugi» tetralogiyasi, «Tristan va Izolda», «parsifal» ope- ralarini M.D. deb ta’riflagan, M. Mu- sorgskiy esa «Boris Godunov», «Xovansh- China» kabi asarlarini xalq M.D.lari deb atagan. Ad.: Jabborov A., Musikiy drama va komediya janrlari O’zbekiston kompozi- torlarining ijodiyotida, T., 2000. Ahmadjon Jabborov.