Muskullar, mushaklar
Muskullar, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi a’zolari; nerv im- pulslari ta’sirida qisqarish xususi- yatiga ega to’qima (muskul to’qimasi)dan tashkil topgan. Silliq, ko’ndalangtarg’il va yurak muskullari birgalikda orga- nizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol o’ynaydi. Ko’ndalangtargil va silliq M.ga bo’linadi. Silliq muskul lardan ichki a’zolar, qon va limfa tomirlari de- vorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil bo’ladi. Silliq M. kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular g’ayriixtiyoriy M. deyiladi. Silliq muskul nuqul Mezen- ximadan vujudga keladi. Muskul tolasi uzunasiga ketgan muskul xujayrasidan iborat bo’lib, yupqa elastik pardasi — sarkolemmasi, tsitoplazmasi — sar- koplazmasi, ko’p yadrolari va organo-ID- lari bor. Muskul tolasining qisqaruvchi tuzilmasi — uzun ipga o’xshaydigan Mio- fibrillar tolaning bir uchidan ikkinchi uchigacha davom ladi. Ko’ndalan gtarg’il M.ga skelet muskullari va yurak musku- li (miokard) kiradi. Ko’ndalangtarg’il muskullar to’qimasi kishining ixtiyori- ga bo’ysunadi. har qaysi muskul yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan boshlanib, ikkinchisiga yopishadi. Mu- skul bo’g’im yaqinida bo’lsa, albatta, shu bo’g’imdan o’tib, uning harakatlanishini ta’minlaydi. M. shakliga ko’ra uzun, qisqa, yumaloq, yalpoq bo’lib, joylashi- shiga qarab yuza, chuqur, oraliq guruhlarga bo’linadi. Bajaradigan vazi-fasiga ko’ra qisuvchi, kengaytiruvchi, ko’taruvchi, tu- shiruvchi, yozuvchi, bukuvchi, chaynovchi va h. k. M.ga ajratiladi. Uzun yoki duksimon muskulning yo’g’onroq qismi qorni, oxir- gi pay qismlari boshi vadumi deb atala — Di. Ba’zi M.ning bir emas, balki 2-3 va hatto 4 ta boshi bor (mas, elkaning ikki boshli, sonning to’rt boshli muskuli). M.ning qo’shimcha apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi. M.da kon tomirlar ko’p, ular kon b-n mo’l ta’minlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan. Har bir muskulda harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida Mar- kaziy nerv sistemasi b-n aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan M. Siner- gistlar, qarama-qarshi harakatlarni ba- jaradiganlari antagonistlar deyiladi. Skelet M.i. topografik jihatdan tana, bosh, bo’yin, ko’l va oyoq muskullariga AJ- ratiladi. Tana muskullari orqa, ko’krak va qorin M.idan iborat. Orqa M.i yuza va chuqur bo’ladi. Ular kurakni ko’taradi, uni yaqinlashtiradi va yopishtiradi, bo’yinni yozadi, elka va qo’lni orqaga va ichkariga tortadi, nafas olish va chiqarishda qatnashadi. Orqaning chuqur M.i umurtqa pog’onasini tiklaydi. Ko’krak M.i xususiy tashqi va ichki qovurg’alararo M., elka kamari va qo’l b-n bog’langan katta va kichik ko’krak M.i, o’mrov usti va oldingi tisheimon M.ga bo’linadi. Tashqari qovurg’alar-aro M. qovurg’alarni ko’taradi, ichki M. esa na- fas olish va chikarishda ishtirok etadi. Qorin M.i tashki va ichki qiyshiq M., qorinning ko’ndalang va to’g’ri M.i, shuningdek, belning kvadrat muskuli- dan tashkil topgan. Qorin M.i to’g’ri tanani oddinga bukadi, qiyshiq M.i yon tomonlarga egilishini ta’minlay- Di. Bu M. qorin pressini tashkil etib, asosiy funktsiyasi qorin a’zolarini funktsional qulay holatda ushlab tu- rishdan iborat. Bundan tashqari, qorin pressi M.ining qisqarishi siyish, ichak bo’shashi, tug’ish jarayonlarini ta’min- laydi. Qorin M.i fassiya b-n krplangan. Muntazam mashq qilib, jismoniy ish b-n shug’ullanib muskul tolalarida miofi- brillarni ko’paytirish va shu tarika mu- skul kuchini oshirish mumkin. Barcha M.ning asosiy xususiyati ularning qisqarishidir (q. Muskul kisqarishi), bunda muayyan ish bajarila- Di. M. kuchi muskul tolalaridagi miofi- brillar soniga bog’liq; yaxshi rivojlan- gan M.da ular ko’p, suet rivojlanganla- rida kam. Yuz va boshning barcha muskul- lari 2 guruhga: mimika va chaynov M.iga bo’linadi. Ular yuz mimikasida, chaynash- da va pastki jag’ni harakatlantirishda qatnashadi. Bulardan tashqari, bo’yin hamda qo’l M.i bor. Skelet M.ining deyar- li hammasi richaglar qonuniga muvofiq bo’g’imlardagi suyaklarni harakatga kel- tiradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin mu- skul bor. Odam gavdasidagi barcha erkin harakatlar o’zaro bog’langan bo’lib, mu- rakkab shartli va shartsiz reflekslar yordamida yuzaga chiqadi va Markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Arteriya va venalar devorining asosiy qismi, hazm yo’lining deyarli hammasi, o’t Pu-fagi va krvuq, bachadon nayi, bacha- don silliq M.dan tuzilgan. Ichki a’zolar devori silliq M.ining qisqarishi sekin va chuvalchang o’rmalashisimon bo’ladi. Silliq M. refleks yo’li b-n avtomatik qisqaradi. Ular haddan tashqari kuchli qisqarganda og’riq paydo bo’ladi (mas, jigar va buy- rak sanchig’i, ichak spazmi va h.k.). Yurak muskuli tuzilishi va vazifa- siga ko’ra ko’ndalangtargil hamda sillis M.dan farq qiladi. Unda boshqa muskul- larda bo’lmaydigan xususiyat — ma’lum ritm va kuchga ega bo’lgan qisqarishlar AV- tomatizmi bor. Yurak muskuli umr bo’yi ritm b-n to’xtamasdan ishlaydi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi.