MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO’STLIGI

MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO’STLIGI (MDH) — davlatla- raro tashkilot. 1991 y. 8 dek.da Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan bitimda SSSR chuqur tanaz- zulga uchrab parchalanib ketish natijasi- da yo’q bo’lganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar, madaniy va b. sohalarda hamkorlikni ri- vojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991 y. 21 dek.da bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston ko’shildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina b-n birga MDHning maqsad va qoidalari to’g’risidagi De- klarasiyaga Olmaota sh.da imzo chekdi- lar. 1993 y. MDHga Gruziya qo’shiddi. 1993 y. MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquklari va er- kinliklarini ta’minlash, tashki si- yosiy faoliyatini muvofiklashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimla- rini rivojlantirish, aholi sog’lig’i va atrof mu-hitni muhofaza qilish, ijti- moiy masalalar va immigrasiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qo’riklashda birga- likda faoliyat yuritishni nazarda tu- tadi. MDH haqiqiy a’zolari b-n birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi a’zolar bo’lishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil kilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, tashki ishlar vazirlari kengashi, davlatlar- aro iktisodiy ko’mita, markazi Sankt- Peterburgda bo’lgan parlamentlararo Assambleya va b. MDHning doimiy ish- lovchi organi Minsk sh.da joylashgan Muvofiqlashtiruvchimaslahat qo’mita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy ko- Tibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari ken- gashi 1 y.da kamida 2 marta o’tkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH ni- zomi b-n tartibga solinadi. MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichma- bosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suvereniteti- ni mustahkamlashga ko’mak berdi. MDH o’z faoliyati davomida haddan ta-shqari ko’p qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi. Hozir MDH ga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. Iqtisodiyotda mashg’uldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi q.x., o’rmon va baliqchilik sohasida ishlaydi. O’zbekiston o’z milliy manfaatlari- dan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorli- giga erishish, davlatlar o’rtasida savdo- iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi. Ad.: O’zbekistonda politologiya [2001 y. 18 okt.da Toshkent sh.da o’tkazilgan re- spublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari], T., 2002; Neshataeva T. N., Mejdunarodnie organizasii i pravo. Novie tendentsii v Mejdunarodno-pra- vovom regulirovanii, M., 1999. Sayfiddin Jo’raev.