O’CHOQ

O’CHOQ — olov yoqish, uni saqlash va ovqat pishirish uchun mo’ljallangan, ustiga qozon o’rnatiladigan uch tomoni yopiq qurilma. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, O’choq ilk paleolit davridan ma’lum. O’choq turli urf-odatlar, marosimlarni o’tkazishda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Barcha xalqlarda muqaddas joy hisoblangan. Quyi paleolitda toshdan, so’ngra guvala, g’ishtdan yasalib, somonli loy bilan suvalgan, atroflariga tutun tortadigan va havo kiradigan teshiklar qilingan. O’choqning ayrim turlari yertandir kabi qurilib ovqat pishirish bilan birga non yopishda ham foydalanilgan. O’choqning takomillashgan turi devorga taqab joylashtiriladi, tutuni mo’rikon orqali chiqarib yuboriladi. Hozirgi davrda O’choqning yer-o’choq, loy va temir O’choq turlari bor. Sumalak, halim, katta ma’raka oshlari pishirishda aylanasi doshqozon gardishiga mos maxsus yero’choqlar (yer baravarida, qozon atroflari alanga chiqmaydigan qilib tuproq bilan zichlanadi yoki suvaladi) kavlanadi, kundalik oshovqat tayyorlash uchun xonadonlar oshxonalarida loy o’choqlar quriladi, temir O’choqlar aksariyat ko’chma O’choq vazifasini bajaradi. Shahar va qishloqlarda, asosan, o’tindan yoqilg’I sifatida foydalanadigan xonadonlarda O’choqlar saqlanib qolgan, temir O’choqda o’tin va tabiiy gazdan foydalaniladi. O’choq (lotincha) — osmon gumbazining Janubiy yarim sharidagi eng yorqin yulduz (nomi shundan). Ko’rinadigan (vizual) yulduz kattaligi 3,9. O’zbekiston hududida kuzda yaxshi ko’rinadi. O’sh — Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyatining shahar, viloyat markazi. Qirg’izistonda Bishkek shahridan keyin 2-sanoat markazi. Oqbura daryosi Olay tizmasidan Farg’ona vodiysiga oqib chiqadigan joyda. Temir yo’l stantsiyasi. Bishkek, Xorug’, Andijon, Qizilqiya shahri lari o’rtasidagi avtomobil yo’llari chorrahasi. Aholisi 208,5 ming kishi (1999). O’rta Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, miloddan avvalgi 4-3-asrlarda vujudga kelgan. 9— 10-asrlarda O’choq Somoniylar davlati tarkibida bo’lib, kattaligi jihatidan Farg’ona vodiysida 3-shahar hisoblangan. Bu davrda shahar Shahriston, Ark, rabotdan iborat bo’lgan. Hokim saroyi va devonxona Ark ichida joylashgan. O’choq atrofi baland qal’a devori bilan o’ralib, uning chekkasi Sulaymon tog’igacha etgan. Shaharning 3 ta darvozasi bo’lgan: ko’h, ob, Mug’kada. Jome masjidi bozor hududida joylashgan. O’choq orqali Movarounnahrdan Xitoy va Hindistonga savdo yo’li o’tgan. 10 — 12-asrlarda Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. 13-asrda mo’g’ullar istilosi natijasida xarobaga aylangan va 14-asrga kelib Amir Temur tomonidan qayta tiklandi. O’choq to’g’risida «Boburnoma» kitobida ham ma’lumotlar berilgan. 18-asr da O’choq Qo’qon xonligi tarkibida bo’ldi va ilgarigidek muhim savdo markazi bo’lib qoldi. 1876 yil xonlik barham topgach, Rossiyaning O’rta Osiyo mustamlakasi tarkibida bo’lib keldi. Shaharda viloyat sanoat mahsulotining 1/3 qismi ishlab chiqariladi. Yetakchi sanoat tarmog’i — yengil sanoat. O’rta Osiyoda eng yirik to’qimachilik ktlaridan biri, ipakchilik kombinati, paxta tozalash zavodi, tikuvchilik, poyabzal fabrikasi bor. Oziq- ovqat sanoati tarmoqlari rivojlangan (non mahsulotlari, go’shtkonserva, sut, meva-sabzavot, meva vinosi kombinatlari, araq zavodi bor). Mashinasozlik va metallsozlik sanoati (nasos, avtomobil ta’mirlash) korxonalari ishlab turibdi. Qurilish materiallari kombinati, asphalt-beton, temir-beton buyumlari, g’isht zavodlari, mebel fabrikasi bor. Issiqlik elektr markazi faoliyat ko’rsatadi. Aeroport, turistik baza ishlab turibdi. O’choq da pedagogika instituti, telemarkaz, o’zbek akademik drama teatri, tarix-madaniyat muzeyqo’riqxonasi mavjud. O’choq — Bishkek, O’choq — Xorug’ avtomagistrallari qurilgan. Shahar hududida 30 ga yaqin tarix va madaniyat yodgorliklari joylashgan. Me’moriy yodgorliklardan: Yusuf Boyxo’ja o’g’li masjidi (20-asr boshlari), Asaf ibn Burxiya maqbarasi (17 — 18 asrlar) va boshqalar saqlanib qolgan.