O’YINLAR NAZARIYASI
O’YINLAR NAZARIYASI — Matematikaning noaniqlik mavjud bo’lgan vaziyatlarda optimal qaror qabul qilish masalalari o’rganadigan bo’limi. Bunday masalalarning matematik modellari o’yin deb ataladi. O’yinda bir yoki ikki o’yinchi ishtirok etishi mumkin. O’yinda ishtirok etuvchi bir o’yinchi qabul qiladigan qaror bir bosqichli yoki ko’p bosqichli bo’lishi mumkin. Uning harakatini butun o’yin davomida to’la belgilab beruvchi qoidalar strategiya deyiladi. Strategiyalar to’plami o’yinchining imkoniyatlari ko’pligini, o’yinning murakkabligini aks ettiradi. Strategiyalarning maqsadga muvofiqlik darajasini aniqpash uchun o’yinda to’lov funktsiyasi berilgan bo’lishi kerak. Oddiy optimallashtirish masalalarida faqat bir o’yinchi ishtirok etib, to’lov funktsiyasi /(x) ko’rinishida bo’lsa, o’yinda to’lov funktsiyasining qiymati o’yinchiga bog’liq bo’lmagan omillar — boshqa o’yinchilar strategiyalari, noaniq (hatto ehtimollar taqsimoti ham noma’- lum) miqdorlarga ham bog’liq bo’ladi. Ikki o’yinchi (tomon) ishtirok etgan antagonistik o’yinlarni o’yinchining strategiyalari to’plami X, 2-o’yinchining strategiyalari to’plami u, tanlangan strategiyalarga binoan hisoblanadigan K (x, u) to’lov funktsiyasidan tashkil topuvchi normal shaklga keltirish mumkin. Bunda o’yin oxirida (aniqrog’i, o’yinchilar x va u strategiyalar qo’llagan partiya oxirida) 1o’yinchi K (x, u) miqdorcha yutadi. Shaxmat, shashka, domino kabi yoyiq formadagi pozitsion o’yinlarni normal formaga keltirish mumkin. Normal formadagi o’yin yechimi deb K(x,U0)<K(x0^K(XV,u) (1) tengsizliklarni qanoatlantiruvchi, xD,U0 strategiyalar (optimal strategiyalar) juftiga aytiladi. O’yinning har bir qadami natijasida vujudga kelgan holat o’yinchilarga to’la ma’lum bo’lgan o’yinlar (jumladan, shaxmat) da optimal strategiyalar mavjud (E. Tsermelo Teoremasi). Lekin tatbiqiy ahamiyatga ega o’yinlarda optimal strategiyalar deyarli mavjud bo’lmaydi. Agar o’yin ko’p marta takrorlansa, aralash strategiya tushunchasini kiritish maqsadga muvofiq. Tatbiqlarda uchraydigan barcha o’yinlarda, jumladan, chekli o’yinlarda strategiya mavjudligi isbotlangan. O’yinlar nazariyasi iqtisod, harbiy ish, biol., boshqarish nazariyasi, savdo sohalarida muhim tatbiqlarga ega.