O’ZBEKISTON METALLURGIYA ZAVODI

O’ZBEKISTON METALLURGIYA ZAVODI — O’zbekiston metallurgiya zavodi — qora metallurgiya sanoati korxonasi Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan. U O’rta Osiyo respublikalaridagi mashinasozlik korxonalari va qurilish tashkilotlarini metall bilan ta’minlaydi, navli prokat, tunuka, emallangan idishlar ishlab chiqaradi. O rta Osiyoda yig’iladigan temir-tersakni qayta eritadi.