PARIJ MILLIY KUTUBXONASI

PARIJ MILLIY KUTUBXONASI — jahondagi eng qad. va yirik kutub- xonalardan biri; Parij sh.da joylash- gan. 1480 y.da Qirollik kutubxonasi si- fatida asos solingan; 1795 y.da Konvent tomonidan milliy kutubxona deb e’lon qilingan. P.m.k.da 12 bo’lim va 5 milliy markaz (bibliografiya, kitob ayirbosh- lash va b.) faoliyat ko’rsatadi. Fondida ko’p qismi noyob va Nodir nashrlar bo’lgan 300 mingdan ziyod qo’lyozmalar saqlanadi, 6 mln. gravyura va estamplar, 500 ming nomdan ortiq davriy nashrlar, 800 ming kartinalar, 450 ming medal va tangalar va b. bor. Frantsiya tarixi b-n bog’liq ko’p sonli adabiyotlar va hujjatlar, taniqli frantsuz siyosiy arboblari, olim va yozuv- chilari dastxatlarining Nodir to’plami, 19-a. frantsuz entsiklopedistlarining boy to’plamlari mashhur. P.m.k. fondidagi Vatan nashrlari 1537 y.dan kutubxona oladigan mamla- kat bosma nashrining majburiy nusxasi asosida yig’iladi, xorijiy nashrlar bi- limlarning barcha sohalari bo’yicha (ko’p qismi adabiyot, tarix va san’at bo’yicha ixtisoslashgan) umumiy xusu-siyatga ega bo’lgan ishlardan iborat. P.m.k. 1839 y.dan sistemali katalog- ni muntazam yuritadi, 1850 y.dan uning alohida qismlari bosma kataloglar ko’rinishida chiqa boshlagan. Jumladan, 1897 y.dan «Milliy ku- tubxona bosma kitoblarining bosh kata- logi. Mualliflik turkumi» nashr eti- ladi. Mualliflarning ismi, familiya- si, ular yashagan sanalar, asarlari nashr qilingan tillari bo’yicha tuzilgan Avto- matlashtirilgan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqqan. 1996 y.da Fransua Mitteran saydi tuzilgan, unda 200 mingdan ortiqjild entsiklopediyalar to’plami yig’ilgan; 1998 y.da audio-video hamda bosma asar- lar zamonaviy elektron saydga kiritil- gan.