PARLAMENTLARARO ITTIFOQ

Ma’nosi

PARLAMENTLARARO ITTIFOQ — turli davlatlarning milliy parlament guruhlarini birlashtiruvchi xalqaro (hukumatlar qaramog’ida bo’lmagan) tashkilotlardan biri. 1889-yil Parijda tuzilgan. Asosiy vazifalari: parlamentlar o’rtasidagi shaxsiy aloqalarni rag’batlantirish va xalqaro tinchlik hamda hamkorlikni mustahkamlash Ishida birgalikda faoliyat ko’rsatish uchun ularni birlashtirish. Parlamentlararo ittifoq faoliyatida 110 dan ortiq davlatlarning parlament guruhlari qatnashadi. Yuqori organi – parlamentlararo konferensiya. Parlamentlararo ittifoq kotibiyatining qarorgohi – Shveysariyadagi Jeneva shahrida joylashgan.

O‘xshash so‘zlar

P harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar