Parodontoz

Parodontoz (para… va Yun. Odontos — tish), alveolyar pioreya — tish atrofidagi to’qimalar (parodont) ning surunkali yallig’lanishi, alveolyar o’simtalar (tish katakchalari) atrofiyala- nadi va oqibatda tishlar qimirlab tushib ketadi. O’rta va katta yoshdagi kishilar, ba’zan yoshlar, hatto bolalarda ham uchray- Di. P: parodont to-mirlari va nervlari- ning buzilishi yoki kasallanishi natija- sida tish atrofidagi to’qimalarning qon b-n etarli ta’minlanmasligi oqibatida Vu-judga keladi. Kasallangan tishlarni olib tashlagandan keyin qolgan tishlar- ga ovqat chaynaganda zo’r kelishi, tishda tosh yig’ilishi, tishni to’g’ri parvarish qilmaslik, noto’g’ri tishlash, yasama tish- larni to’g’ri qo’ymaslik, shuningdek, or- ganizmning umu-miy kasalliklari P.ga sabab bo’lishi mumkin. P.da tishning suyak to’qimasi asta-sekin so’riladi, tishlar qimirlab qoladi, ba’zan milk yallig’lanib shi-shadi, qonaydi, og’izdan qo’llansa hid keladi. P.da milkda Yi- ringli pilla hosil bo’ladi. Kasallik- ning oldi olinmasa, milk yallig’lanadi (gingivit), ko’rinishidan sog’lom tish asta-sekin kimirlab tushib ketadi. P. natijasida ovkat chaynash va hazm qilish buziladi. Bemorga individual va kom- pleks davo kilinadi. P.da stomatolog vrach kursatmalariga qat’iy rioya kilish kerak. P.ning oldini olishda kundalik ovqat turi va tarkibi muhim ahamiyatga ega; qattiq ovqatlar milkni tabiiy mas- saj qiladi va yumshoq tish katlamlari- dan tozalaydi. Ovqatdan keyin meva va sabzavotlar (sabzi, olma va b.) eb turish foydali.