Paronimlar

Paronimlar (para… va Yun. Onyma — nom, ism) — talaffuzi, eshi- tilishi va morfem tarkibi o’xshash, lek- sik ma’nolari boshqa-boshqa yoki qisman yaqin bo’lgan so’zlar. Tilda ana shunday so’zlarning mavjud bo’lish hodisasi Pa- ronim i ya deyiladi. Paronimiya muammo- si nutkda P.ni ataylab yaqinlashtirish yoki ularning ma’nosini bilmay, farqlamay adashtirib qo’llash (nutqiy xato) natijasida kelib chiqadi. P.ning qo’llanishi b-n borlik, bunday masala- lar tegishli ravishda nutq madaniyati va uslubshunoslik tomonidan o’rganiladi. «P.»terminini dastlab Aristotel yasa- ma so’z ma’nosida taklif etgan. Rus tilshunosligida ko’pincha P. de- ganda bir so’z turkumiga mansub, bir xil o’zakli so’zlar tushuniladi [mas, adre- sat — adresant (oluvchi — yuboruvchi), predstavitsya — prestavitsya (o’zini tanitmoq — o’lmoq)]. Uzbek tilshunosli- gida esa nafaqat bir xil o’zakli so’zlar, balki eshitilishi bir-biriga o’xshash har xil o’zakli so’zlar ham P. deb tushunila- Di (mas, sharaf — sharob, afzal — Abzal, tarif— ta’rif, enlik — ellik, sog’liq — sovliq). P.ni qo’llashda farklamaslik, ular- ni adashtirish til hodisasi emas, bal- ki muayyan til vakillarining shu til lug’aviy me’yorlarini etarli darajada egallamaganligining natijasidir. P.ni xato qo’llash, odatda, kam tanish bo’lgan so’zlarda uchraydi. Notanish so’zlarning katta qismini terminlar tashkil etadi. Zero, fan va texnikaning tez sur’atlar b-n o’sishi natijasida muayyan tilga (mas, uzbek tiliga) kirgan yangi so’zlar shu til- da mavjud bo’lgan so’zlar b-n talaffuz jihatdan yaqin kelib qoladi, oqibatda yangiyangi Paro-nimik qatorlar paydo bo’ladi. Mas, tanbur — tambur, shitob — shtab, ta’rif — tarif, teri — tire va b. Nutkda noaniklikka yo’l qo’ymaslik uchun tildagi P.ni farklay bilish, ma’nola- rini to’g’ri anglay olish zarur. Shunda «sharaf» o’rniga «sharob», «kompaniya» o’rniga «kampaniya», «tovlanmoq» o’rniga «toblanmoq», «enlik» o’rniga «ellik» tarzida qo’llashlarga o’rin qolmaydi. Badiiy adabiyotda, publisistikada, ommaviy so’zlashuvda matnning, nutqning ifodaviyligi va ta’sirchanligini oshi- rish maqsadida P.dan keng foydalanila- Di. P.ni ataylab adashtirib qo’llash kul- gili holatni keltirib chiqaradi; bunday qo’llanishlar so’z o’yi-nida, askiyada, shu- ningdek, personajlarning nutqiy xusu- siyatlarini ochib berishda zarur bo’ladi. Abduvahob Madvaliev.