PAROPAMIZ TOG’LARI

PAROPAMIZ TOG’LARI — Afg’onistonning shim.-g’arbiy qismidagi tog’sistemasi. Shim.-g’arbiy etaklari — Bodxiz va Qorabel qirlari Turkma-ni- ston hududida. Kenglik bo’ylab yotuvchi tizmalar (bandi Turkiston, sa-fedko’h va b.) dan iborat. Uz. 600 km chamasida, eni 250 km gacha. Ko’p qis-Mining bal. 3000— 3500 m; eng baland joyi 4565 m (Hisor tizmasida). Tog’lar aksari ohaktosh va slaneslardan, Jan. va sharqida granit va gneyslardan tuzilgan. Shim. Etaklari lyoss b-n qoplangan. Iqlimi subtropik, Kontinen-tal iqlim; vodiylarda t-ra iyulda 24— 30°, yanv.da 0-8°. Yillik yog’in 100-350 mm. Landshafti aksari qismida tog’cho’li va dashtidan iborat. Siyrak archa o’rmonlari ham bor. Yovvoyi xdyvonlardan tog’echkisi va qo’yi, Jay- ran, qulon, kemiruvchilar va sudraluvchi- lar yashaydi. Aholisi tog’larda ko’chmanchi chorvachilik b-n hayot kechiradi. Vodiylar- da bog’lar, tokzorlar bor. Bugaoy va paxta etishtiriladi.