Parpi qo’rboshi

Parpi qo’rboshi, par- pi [taxm. 1882, Andijon atrofida- gi Qo’qonqishloq (hoz. Paxtaobod sh.) -1921.9.4] — Farg’ona vodiysida sovet rejimiga qarshi harakat rahbarlaridan biri. 1918 y. boshlarida Farg’ona vo- diysida qizil armiyaga qarshi harakat boshlagan 9 harbiy qo’mondonning ol- tinchisi. Ko’qonqishloqdagi Kiziloyoq qishlog’ida qarorgohi joylashgan. O’z nomidan pul bosib, muomalaga chiqargan (1919 y. boshidan). Madaminbek va key- inchalik Shermuhammadbekning asosiy o’rinbosarlaridan biri sifa-tida 3600 yigitga raxbarlik qilib, sovet reji- miga qarshi murosasiz ku-rash olib bor- gan. 1918-20 y.larda Andijon uezdi P.q. yigitlari nazorati ostida bo’lgan. Jangda jasurligi va dushmanga nisba- tan shafqatsizligi bois Parpi Botir nomini olgan. P.q. qarorgohida ko’plab rus ofitserlari, jumladan, K. Osipov ham bo’lib, qizil armiyaga qarshi kurash- ganlar (yana q. Osipov isyoni). Qo’qon- qishloq b-n Bo’taqora o’rtasidagi Xay- robod qishlog’ida qizil askarlar b-n bo’lgan jangda ularni mag’lubiyatga uch- ratgan (1920). 1920 y. 24 noyab.da Qo’qon- qishloqda qizil askarlar b-n bo’lgan jangda ham g’olib chiqqan va dushmanning 2 ta zambarak, 4 ta pulemyot va ko’plab qurol-aslahalarini o’lja olgan. Qizil askarlarning 8-otliq brigada- si 1921 y. boshlarida shiddatli janglar- dan so’ng P.q. yigitlarini mag’lubiyatga uch-ratib, Qo’qonqishloq va Omoncho’rani egallashgan. P.q.ning 1000 kishilik gu- ruhiga Isroil qo’rboshi o’z odamlari b-n ko’makka kelsa ham, miqdor jihatdan ustun qizil askarlar Jalolobod va Uchqo’rg’onda bo’lgan janglarda ham g’olib chiqishgan. 1921 y. apr. da bo’lgan ana shunday to’qnashuvlarning birida P.q. og’ir yarador bo’lib, vafot etgan. Ad:. Uzbekistanning yangi tarixi, 2ki-tob [O’zbekiston sovet mustamlaka- chiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q., Haydarov M ., Turkiston tarixi (1917— 1924), T., 2002.