Partenogenez

Partenogenez (Yun. Parthenos — bokiralik, qizlik va …genez), boki- ra ko’payish — jinsiy ko’payish shak- llaridan biri, tuxum xujayraning urug’lanmasdan rivojlanishi. P.ning ahamiyati har xil jinslarning o’zaro uch- rashuvi qiyin bo’lgan sharoitda jinsiy ko’payishni amalga oshirilishidan va kulay sharoitda tur naeli individlari sonini tez orttirishdan iborat. Bunday xrlat naeli ko’plab qirilib ketadigan turlar uchun ayniqsa kat- ta ahamiyatga ega. P. Umurtqasiz hayvonlarning deyarli barcha tiplari- da va ko’pchilik umurtqalilarda (sut emizuvchilardan tashqari) uchraydi. Sut emizuvchilarning partenogenetik embri- oni embriogenezning ilk davrlaridayoq halok bo’ladi. Tuxum faqat P. Orqali ko’payganida obligat P., tuxum urug’lanib va urug’lanmasdan ko’payish xususiyatiga ega bo’lganida esa fakultativ P. deyi- ladi. Erkagi bo’lmaydigan turlarning faqat P. orqali ko’payishi Konsta’NT P. deb ataladi. Ko’pincha P. orqali ko’payish ikki jinsli ko’pa-yish b-n almashinib turganida tsiklik P. ro’y beradi. Par- tenogenetik naelning genotipi, jin- si va gomozigotaligi P. ko’payishning mitoz orqali o’tishi yoki o’tmasligi hamda diploidlikning qanday usulda tiklanishi b-n bog’liq. Naslning jin- siga binoan, amfitopiya (urug’lanmagan tuxumdan urg’ochi va erkak individlar rivojlanishi), arrenotokiya (tuxumdan faqat erkaklari rivojlanishi) yoki te- litokiya (tuxumdan faqat urg’ochilarning rivojlanishi) farq qilinadi. Pedoge- nez P. shakllaridan biri hisoblanadi. Ko’payishning o’ziga xos shakllari hisoblangan ginoge-nez va androgenez ham P.ga misol bo’la oladi. Sun’iy P.da, odatda, organizm ri- vojlanishning dastlabki davrlaridayoq halok bo’ladi. Tut ipak qurtining urug’lanmagan tuxumlariga yuqori va past harorat ta’sir ettirish orqali 90% tu- xumlarning partenogenetik rivojlani- shiga erishilgan (Astaurov, 1936). Ana shu omillarning kichik mikdori tut ipak qurtida mitotik P.ni tezlashtirgan va faqat erkak gomozigot formalarning rivojlanishiga imkon bergan. Tut ipak qurtida P. orqali jinsni boshqarish katta amaliy axamiyatga ega. Urug’li va sporali o’simliklarda konstant P. ko’proq uchraydi. Ikki uyli o’simliklarda P. ko’pincha erkak in- Di-vidlarning uchramasligi, bir uyli o’simliklarda esa changchilik gullar- ning degenerasiyasi, changlarning xreil bo’lmasligi yoki abortivligi b-n bog’liq. O’simliklarda sun’iy P. har xil kimyo- viy va fizik omillar ta’sir ettirib xreil qilingan.