Partitura

Partitura (ital. partitura — ajra-tish, taqsimlash) — orkestr, xor, kamer ansambl va b. uchun mo’ljallangan ko’p ovozli musiqa asarining har bir ovoz yoki cholg’u partiyasn ko’rsatilgan nota yozuvi. Ovozlarning bir vaqgda Yang- rashidagi harakat yo’nalishini oson an- glash uchun unda nota belgilari satrma- satr, ustma-ust yoziladi. P.ni vertikal yo’nalishda o’qiganda tovush (AK-kord) larning garmonik birligi, go-rizontal (chapdan o’ngga) o’qiganda esa har bir nota yo’lidagi kuy rivoji ifo-dalanadi. P.da ovozlar muayyan tartibda, baland- pastligiga ko’ra, yuqoridan pastga qarab joylashtiriladi. Barcha ovozlar, odatda, italyancha, nemischa (ba’zan, frantsuzcha va b.) nomlar b-n ko’rsatiladi. Dastlab xor P.lari (16-a.), keyinchalik cholg’u, vokal-cholg’u ansambllar va orkestr P.lari rivoj topgan. 19-a.gacha dirijyor- lar P. b-n birga direktsionash ham keng foydalanishgan. Hoz. ko’rinishdagi P. 19-a. o’rtalarida, kompozitorlik ijodi- yoti va dirijyorlik san’ati rivoji nati- jasida yuzaga kelgan.