PARTOV YER DEHQONCHILIK TI ZIMI

PARTOV YER DEHQONCHILIK TI ZIMI — avval ekilib, so’ngra tashlab qo’yilgan erlarda qayta dehqonchilik qilish; ibtidoiy dehqonchilik tizi-mi, xususiy qo’riq er tizimi negizida vujud- ga kelgan. Cho’l mintaqasida tabiiy unum- dorligi yuqori bo’lgan o’zlashtirilgan qo’riq erlarda galla, ayrim joylar- da zig’ir va poliz ekinlari 6-8-10 yil etishtirilgan. Buning oqibatida tuproqning tabiiy unumdorligi Pa- sayib, erlarni o’t bosgani va ekinlar hosildorligi Kama-yib ketgandan so’ng bu dalalar 8-15 yil (va hatto 25-30 yil) gacha qarov-siz tashlab qo’yilgan. Uning o’rniga yangi qo’riq er o’zlashtirib (qo’riq deh-qonchilik tizimi) dehqonchilik yuri- tilgan. Nisbatan uzoq muddatga tashlab qo’yilgan er tabiiy o’tloqzorga aylangan, bu esa uning unumdorligini qay-ta ti- klanishiga olib kelgan. Natijada tash- lab qo’yilgan erlar qayta o’zlashtirib, ekin ekilgan. P.e.D.t. Evropa va Osiyo- ning cho’l tuproqlari mavjud bo’lgan bir qancha davlatlarida, ayniqsa, Rossiyaning qoratuproq, O’zbekistonning cho’l va dasht mintaqalarida keng qo’llanilgan. Ziyomiddin Artukmetov.