Parfenon

Parfenon (Yun. parthenon, parthenos — bokira qiz) — Akropol (Afina)dagi ma’buda Afina ibodatxona- si, yunon me’morligi san’atining ulkan yodgorligi. Mil. AV. 447-438 y.larda ik- tin va Kallikrat tomonidan qurilgan. Ibodatxonada katta tsellalar (Di-niy haykallar uchun xonalar) va kichik xona- lar (xuddi ibodatxona kabi «Parfenon» deb nomlangan) bo’lib, ularda xazinalar saklash mo’ljallangan. Bu xonalar (tarhi 30,89×96,54 m) doriy kolonnadalari b-n o’ralgan. Hashamatli oq marmarli in- Shoot Fidiy va yunon haykaltaroshlari ishlagan haykaltaroshlik bezaklari b-n to’ldirilgan. Bino tarzi hoshiyasi me- toplarida Kentavr, bahaybat odam, ama- zonkalarning o’zaro kurash sahnalari, frontonlari haykaltaroshlik mujasso- Moti b-n bezatilgan. P. me’morligida yunon san’atining buyukligi uning gul- lagan davridagi garmoniyasi, go’zalligi, hayotiyligi aks ettirilgan. 1687 y.da turklar b-n bo’lgan urushda Venesiya- liklar tomonidan vayron qilingan. 1801-03 y.lar P. haykallari Angliyaga olib ketilib, 1816 y. Britaniya muzeyiga qo’yilgan.