Pasport

Pasport (Frans. passeport — port- ga kirish ruxsatnomasi) — ayrim dav- latlarda fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat. O’zR fuqarosining P.i — O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini va uning egasi shaxsini tasdiqdovchi aso- siy hujjatdir. O’zR da P. berish va un- dan foydalanish, qayd etish, ro’yxatdan chiqarish tartibi, shuningdek, P. ti- zimi qoidalarini buzganlik uchun ja- vobgarlik O’zR Prezidentining 1999 y. 26 Fev.dagi farmoni b-n tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida pasport tizimi to’g’risida»gi Nizom b-n bel- gilanadi. Mazkur Nizomga binoan, O’zbekiston Respublikasining 16 yoshga to’lgan barcha fuqarolari O’zR fukaro- si P.iga ega bo’lishlari shart. Xori- jiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zR hududida O’zbekiston Re- spublikasi qonunchiligida belgilan- gan hujjatlar asosida yashaydilar. P. xorijga jo’nab ketish chog’ida ham amal qiladi. Xorijga jo’nab ketayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun O’zR fuqarosi P.i O’zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tar- tibda rasmiylashtiriladi. «O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’ri-sida»gi O’zR qonuni (1992 y. 2 iyul)ga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi P.i «O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida»gi qonun kuchga kirguni- ga qadar O’zR hududida do-imiy yashab turgan shaxslarga, «O’zbekiston Re- spublikasi fuqaroligi to’g’risi-da»gi qonunga muvofiq, O’zbekiston Respu- blikasi fuqaroligini olgan shaxslar- ga ham beriladi. O’zR fuqarosi P.ini O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari beradi. O’zbekiston Respu- blikasining xorijda doimiy yashaydi- gan fuqarolariga, shuningdek, qonunga muvofiq, O’zR fuqaroligini olgan shax- slarga O’zR fuqarosi P.i O’zbekiston Re- spublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasa- si tomonidan beriladi. O’zR fuqarosi P.i butun O’zbekiston Respublikasida yagona namunada o’zbek, rus va ingliz til- larida, Qoraqalpog’iston Respublikasi uchun esa, qoraqalpoq, uzbek, rus va in- gliz tillarida tayyorlanadi va 32 betdan iborat bo’ladi. P.ga uzbek, rus va ingliz tillarida (Qoraqalpog’iston Respubli- kasida esa — qoraqalpoq tilida ham) fuqaroning shaxsi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar yoziladi: familiyasi, ismi, otasining ismi; tug’ilgan yili, kuni, oyi; tug’ilgan joyi; millati; jinsi, shaxs uxshashligini aniqdash raqami. P.da uning egasining imzosi, P. Bergan mas’ul shaxs imzosi bulishi, shuningdek, P. berilgan vaqt va amal qilish muddati ko’rsatilishi lozim. Shuningdek, P.ga: balog’atga etmagan bolalarining fami- liyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili, kuni, oyi; har-biy xizmatga mu- nosabati to’g’risidagi; nikoxdan utish va nikohni bekor qilish to’g’risidagi; pasport egasining yashaydigan va do- imiy qayd etilgan joyi haqidagi; vak- tincha qayd etilgani to’g’ri-sidagi; chet elga chiqish uchun ruxsatnoma haqidagi; xorijiy davlatlarga kirish uchun VI- zalar haqidagi ma’lumotlar yoziladi. Fuqarolar 25 yoshga va 45 yoshga tulgan- da ichki ishlar organlari ularga yangi P. beradi. 45 yoshga to’lgan fuqarolar P.ining amal qilish muddati cheklanmay- Di. P. tizimi qoidalari bajarilishi- ni ichki ishlar organlari va ma-halliy hokimiyat organlari nazorat qiladilar. Fuqarolar: P.siz, yoki haqiqiy bo’lmagan P. b-n qayd ettirmay yashaganlik uchun, P.ni ataylab yaroqsiz holga keltirgan- lik hamda P.lardan g’arazli maqsadlarda foydalanganlik, P.ni avaylab saqlamay uni yuqotganlik uchun O’zR krnunchili- gida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. O’zbekiston Respublikasi fuqarosiga respublikadan tashqariga chiqib ketish chog’ida diplomatik P. beriladi. Bu huj-jat b-n bog’liq huquqiy jihatlar O’zR Vazirlar Mahkamasining 1995 y. 6 Yan-v.dagi 8son qarori b-n tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasinint diplo- matik pasporti to’g’risida»gi Nizom b-n tartibga solinadi. Diplomatik P.ni O’zR tashqi ishlar vazirligi 5 y. muddat- ga beradi. Diplomatik P. O’zbekiston Re- spublikasining mulki hisoblanadi.