Passat oqimlari

Passat oqimlari — oke- an yuzasida passatlar ta’sirida hosil bo’ladigan suv oqimlari. Atlantika va Tinch okeanlarda — shim. va Jan. P. o., Hind okeanida — Jan. yarim sharda- gi P.o. mavjud. Passat shamollari esib turga-nidan P.o. sharkdan garbga tomon soatiga 1-2 km tezlikda harakat qiladi (okeanlarning g’arbiy qismlarida bu tezlik soatiga 3 km ga etadi). P.o. oke- anlarning sharqida, antisiklon aylanma shamollarning sovuq oqimlaridan bosh- lanadi; g’arbga siljigan sari anchagina isib qoladi. Ekvatorda shim.-Sharqiy va Jan.-Sharqiy passatlar ta’sirida shim. va Jan. P.o. oralig’ida (ekvato- rial) teskari oqimlar vujudga keladi. Bu tizim tinch okeanda yil bo’yi davom etadi; Atlantika okeanida ezda bo’ladi; Hind okeanida kishki P.o. yo’q, chunki bu okeanning shim. kismi mussonlar ta’- sirida bo’ladi. Okeanlarning g’arbiy qismlarida P. o.dan iliq oqimlar bosh- lanadi.