Piskom tizmasi

Piskom tizmasi — G’arbiy Tyan-Shandagi tizma. Shim.-sharkdan Jan.-g’arbga 130 km ga cho’zilgan. O’rtacha bal. 3200 m. Shim.-sharkda 4000 m dan Jan.-g’arbda 1900 m gacha pasayib bo- radi. Eng baland joyi — Beshtor cho’qqisi (4291 m). Tizmada Piyozak (3718), Oqtuyao’lgan (4224 m), Opalitov (4216 m) kabi cho’qqilar bor. Yon bag’irlari tik, Piskom, Ko’ksuv, Chatqol, Sandalash Daryo- larining irmoqlari b-n o’yilgan. Shim.- g’arbiy yon bag’ri nisbatan qiya, Piskom daryosiga zinapoyasimon pasayib bora- Di. Jan.-Sharqiy yon bag’ri esa qisqaroq bo’lib, unda bir nechta tekis yuzalar (Katta Sandiq, Kichik Sandiq, Baxtol) mavjud. Tizma paleozoy davri cho’kindi va otqindi tog’jinslaridan tashkil top- gan. Tektonik jihatdan Ger-Tsin burma- lanishida shakllangan Mega-antiklinal bo’lib, to’rtlamchi davrda sodir bo’lgan yangi tektonik harakatlar natijasida ko’tarilgan. Qishi sovuq, yozi esa salqin, sernam, yillik yog’in miqsori pastki qismida 600 mm dan, yuqori qismida 1200-2000 mm ga ortadi. P.t. dan Pi- skom daryosining irmog’i Oygaying va b. birkancha soylar boshlanadi. Tizmaning suvayirg’ich qismida 270 dan ziyod muz- lik bulib, ularning umu-miy mayd. 80 km2 dan ortiq. Tizma hududida to’q bo’z, jigarrang, qo’ng’ir tog’-o’rmon, tog’-o’tloq tuproqlar tarqalgan; olma, do’lana, yong’oq, archa va b. o’sadi.