Pista ko’mir

Pista ko’mir — yuqori uglerod- li qattiq g’ovak material. Yog’och (o’tin)ni havosiz yoki bir oz havoli muhitda kuy- dirish yo’li b-n hosil qilinadi. Oddiy (tabiiy) usulda yoki maxsus o’choq (retor- ta)lar va pechlarda olish mumkin. Oddiy usudda P.k. olish uchun o’tin chuqurda chala yoqilib, ustiga tuproq yoki qum bostirib qo’yiladi, yo bo’lmasa, o’tin gulxan qilib chala yoqiladi. Pechlar (retortalar)da ham yog’och chala yoqiladi. P.k. juda serg’ovak bo’lganligi uchun uning gazsimon yoki suyuq moddalarni yutish (adsorbtsion) Xu- susiyati yuqori bo’ladi. Har xil yog’ochdan turlicha miqdorda P.k. chiqadi. P.k., aso — san, archa, qayin, o’rik, yong’oq va b. daraxt- lar yog’ochidan olinadi. Quruq yog’ochdan uning og’irligiga nisbatan 30-40% P.k. olinadi. Mas, 1 m3 yog’ochdan 140-190 kg kumir, 280-400 kg suyuq mahsulot va 80 kg chamasi yonuvchi gaz chiqadi. P.k. yoqilganda 7000-8000 kkal/kg issiqlik hosil bo’ladi. P.k. xalq xo’jaligida, qora va rangli metallurgiyada, tibbiyot- da, uglerod sulfid, faol kumir olish va b. maqsadlarda ishlatiladi.