Pistirma

Pistirma (pismoq, pusmoq, busmoq) — harbiy bo’linmalarning dush- man kismlari o’tishi mumkin bo’lgan yo’llarda odsindan puxta niqoblanib o’rnashishi. P. qad. harbiy taktik usul- lardan biri bo’lib, muhorabalar chog’ida tez-tez qo’llangan. Ushbu jang usulidan, ayniqsa, Chingizxon, Amir Temur va b. mashhur sarkardalar qo’mondonligidagi qo’shinlar unumli foydalangan. Shaybo- niyxon Safaviylar P.siga duch kelishi oqibatida halokatga uchragan (q. Marv jangi). P., asosan, g’animga qo’qqisdan hujum qilib, uni tormor etish, tex- nikasini ishdan chiqarish maqsadida ko’yiladi. P.dan, shuningdek, dushman jangchilarini asirga tushirish, razved- ka maqsadida «til» olish uchun ham keng foydalaniladi. P. qo’lyozma manbalarda busug’, Pusug’, pustura, kamin kabi is- tilohdar b-n ham ifodalangan.