Pistolet

Pistolet (Frans. pistolet, nem. pistala, Chex tilida — pist’ala — qamish- surnay), to’pponcha — 1) individual o’t ochar qurol. Dushmanning 50-70 m gacha masofadagi jonli kuchlarini shikast- lantirishga mo’ljallangan; bir qo’l b-n otish mumkin. P. b-n ofitserlar, shuning- dek, ayrim mutaxassislashgan serjant va askarlar qurollantiriladi. Evropa va Osiyoda 16-a.da piltali P. yuzaga kel- gan. 17-a.dan boshlab turli armiyalarda chaqmoq zatvorli, 19-a.dan esa kapsyulali P.lardan foydalanilgan. P.larning te- zotarligini ta’minlash uchun ular 2 va undan ko’proq stvolli qilib yasalgan. 19- a. o’rtalariga qadar P.larning ko’pchiligi silliq stvolli bo’lib, og’iz tomonidan o’qlangan. 19-a. 50-y.lariga kelib ancha takomillashgan burama stvolli (vint kesimli) revol-Verlar qo’llanila bosh- langan. P.larning jangovar, signal va sport turlari mavjud. Tuzilishiga ko’ra, AV- tomatik, yarim avtomatik (o’z-o’zidan o’qlanadigan) va oddiy (o’klash, otish va bo’sh gilzani chiqarishni otuvchi baja- radigan) xillarga bo’linadi. P.larning og’irligi 700 g dan 1 kg gacha, kalibri 5, 35 mm dan 11,43 mm gacha, o’qining boshlang’ich tezligi 250-420 m/sek; ma- gaziniga 5-8 va undan ko’proq patron joyla-nadi; 2)yarimavtomatik ko’chma pay- vandlash moslamasi; muqim (stasionar) qurilmalarda payvandlab bo’lmaydigan detallarni payvandlashda ishlatila — Di. P. b-n nuqtaviy kontakt payvand, ey payvand, elektron-nurli payvand va b. bajariladi. Avtomobillar, t.y. vagon- lari, q.x. mashinalari i.ch.da, kosmik ob’ektlarni orbitada payvandlashda qo’llaniladi.