Pitonlar

Pitonlar (Pythoninae) — sox- ta oyoqlilar oilasiga mansub ilonlar kenja oilasi. Uz. 1,5 m dan (kirol P.) 10 m gacha (to’rsimon P.). Rangi har xil. Yuqori lab qalqonida issiqni sezadi- gan termoreseptorli 2-3 ta chuqurchasi bo’ladi. Termo-reseptorlari yorda-mida yaqinlashayotgan issiq qonli hayvonlarni sezadi. 27 turi Sharqiy yarim sharning tropik va subtropik qismida tarqalgan. Asosan, o’rmonlarda yashaydi. Sut Emi- zuvchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar b-n ozikdanadi. Yirik P. chiyabo’ri, Jay- ra, yosh leopard va to’ng’izlarni butunlay yutishi mumkin. Odamga deyarli tegmay- Di. Urgochisi 107 tagacha tuxum qo’yib, uni birmuncha vakt bosib yotib isitadi va yirtqichlardan himoya kiladi. Go’shti va yog’i iste’mol qilinadi; terisidan turli buyumlar yasashda foydalaniladi. P. tut- kinlikda 25 yilgacha yashaydi, lekin de- yarli ko’paymaydi. Ayrim turlari himoya qilinadi.