Poya, tana

Poya, tana (caulis) — o’simlikning shox, barg va gullari joylashgan aso- siy o’qi. Bo’g’im (barg o’rni) va bo’g’im oraliqlaridan iborat. P. ildiz b-n bar- glar ora-sida moddalar harakatini ta’- minlaydi. Ba’zi o’simliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli o’zgargan) bo’lib, suv va oziq moddalarni to’plash (kartoshka), himoya (do’lana va yantoklar- ning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvo- klarning jingalagi), vegetativ ko’payish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalari- ni baja-radi. Bir yillik va ko’p yil- lik, er ustki va er ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan P.lar bor. P. tsilindrsi- mon, ko’p kir-rali, yassi, gadir-budur yoki silliq bo’ladi. Asosan, uchidagi o’sish konusi hujayralarining bo’linishidan P. bo’yiga o’sadi; ba’zi usimliklar (mas, g’alladoshlar) P.si bo’g’im oralig’ining uzayishidan ham usadi. P.ning buyi, yug’onligi turlicha. Yusinlar P.sining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, dia- metri 10-12 m. Lianalar P.si 200-300 m keladi. Poyaning anatomik tuzilishi si- stematik guruxlariga kura, sodda yoki murakkab buladi. Mas, tuban yusin- lar P.si faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli yusinlar P.si qobiq va suv o’tkazuvchi to’qimadan, PLA-unlar poyasi esa ksilema va floe- malyan iborat utkazuvchi to’qimadan tu- zilgan. Qirqbo’g’imlar poyasining ichi g’ovak bo’lib, o’tkazuvchi to’qimalar ayla- na joylashadi. Qirqqulokdar P.sining marka-zi narvonsimon joylashgan traxe- idalardan tuzilgan ksilema elementla- ridan iborat; uni floema pardasi o’rab turadi. Bundan tashqarida bir necha kavat hujayralardan tuzilgan perisikl joy- lashgan. Mana shu Markaziy tsilindr bir- lamchi qobiq, tashqi tomondan epidermis b-n o’ralgan. Birlamchi qobiqning eng ichki — perisikl b-n chegaradosh qavati endoderma deb ataladi. Urug’li o’simliklar poyasi- ning po’stlog’i ostida parenxima hujayralaridan iborat birlamchi qobiq bo’lib, uning endodermasi Markaziy tsilindrni o’rab turuvchi perisikl b-n chegaralanadi. P.ning dastlabki ri- vojlanish bosqichida perisikl ostida yupqa par-Dali uzunchoq hujayralardan iborat hosil qiluvchi tuqima — Pro- kambiy vujudga keladi. Prokambiy hujayralarining bulinishi natijasida birlamchi ksilema va birlamchi floe- ma hosil buladi. Ikki pallali va ochiq urug’li usimliklarda esa birlamchi ksi- lema va birlamchi floemadan tashqari ikkilamchi hosil qiluvchi to’qima — kam- biy xam vujudga keladi. Ko’pchilik bir pallali usimliklar poyasining Markaziy kismi parenxima hujayralaridan tuzil- gan bulib, ularning orasidan o’tkazuvchi nay — tolalar tutami o’tadi. Bir pal- lali usimliklar poyasida kambiy hosil bo’lmagani uchun yo’g’onlashuv xususiyatiga ega emas. Aloe, yukka, dratsena kabi ay- Rim bir pallali o’simliklarning P.si fakat perisiklda vujudga keladigan ik- kilamchi hosil qiluvchi to’qima hisobiga yo’gonlashadi. Er ostida joylashadigan bargi reduktsiyalangan P., odatda, ildiz- poya deyiladi. O’ktam Pratov.