Poetika

Poetika (Yun. poietike — poetic san’at) — badiiy asarlarda ifoda vo- sitalari tizimi haqidagi fan, eng qad. ada-biyotshunoslikfani. Kengma’noda P. ada-biyot nazariyasi tushunchasiga to’g’ri keladi. Adabiyot nazariyasi sifatida P. adabiy tur va janrlar xususiyatini, oqim va yo’nalishlar, uslub va metodlar- ni o’rga-nadi hamda badiiylik darajasi o’rtasidagi ichki bog’lanish va o’zaro mu- nosabat qonuniyatlarini tadqiq etadi. P. 3 tarkibiy qismdan iborat: umu- miy P., tavsifiy (xususiy) P., tari- xiy P. Umumiy P. har qanday asar- ning badiiy vositalari va qurilish qonuniyatlarini janrga, adabiy tur va jinslarga karab muallif niyatining mujassamlanish usullarini tadqiq etadi. Tavsifi y P. ayrim olingan bir muallif asarlarining yoki dav- rlar va yo’nalishlarning o’ziga xos Xu- susiyatlarini aniklaydi. Tarixi y P. badiiy vositalar taraqqiyotini (obrazli ifodalar, shakllar, qofiyalar) va katego- riyalarni (badiiy qilib berilgan zamon, makon, ritm) o’rganadi. «P». termini dastlab Aristotelnit «Poetika» asarida qo’llangan. Bu asar badiiy asar va uning tiliga oid nazariy masalalarni yoritishda dastlabki asar- lardan hisoblanadi. Asarda yunon ada- biyotidagi ilk realizm nazariyasi haqida ma’lumot berilgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy xam ushbu asar ta’- sirida «shoirlar san’ati qonunlari haqida risola»sini yozgan. Realistik adabiyotning klassisizm bos-qichi haqidagi nazariy masalalar frantsuz olimi va shoiri N. Bualonnng «Poetik san’at» asari (1674)da yoritildi. Bualo bu asarida klassisizm poetikasi asosla- rini yaratdi, bu oqim uchun xos bo’lgan Xu- susiyatlarni ochib berdi va ularni badi- iy ijod krnuniyatlari sifatida talqin qildi. Klassisizm nazariyasining dog- matik g’oyalariga qarshi kurashda frantsuz yozuvchisi va faylasu-Fi D. Didroning «Dramatik poeziya haqida» (1758), g. Les- Singning «Gamburg dramaturgiyasi» (2 j.li, 1767-69) asarlari vujudga keldi. Bu asarlarda ijodda erkinlik, hayotiy haqiqat masalalari, hayotni dinamik tarzda tasvirlash talablari nazariy asoslandi. Musulmon Sharqi adabiyotida P. 3 qismdan: 1) ilmi aruz, 2) ilmi qofiya, 3) ilmi badi’dan iborat Max-sus fan sifatida shakllangan va bu fanning maz- kur yo’nalishlari bo’yicha ko’plab ilmiy asarlar yaratilgan (Shayx Ahmad Taro- ziyning «Funun ul-balog’a», Atoulloh Husayniyning «ba-doi’ussanoyi'» va b.). Adabiy-badiiy mezonlar, ya’ni P.ning muayyan qonun-qoidalari ayrim adabiy yo’nalish, oqim va maktablarda, alohida xalqlarda (tasavvuf she’riyati P.si, xalq dostonchiligi P.si, ma’rifat- parvarlik adabiyoti P.si, Sharq adabiyo- ti P.si, uzbek adabiyoti P.si kabi), hatto buyuk qalam sohiblari ijodida pishgan, puxta ishlanib, sayqal topgan (Navoiy P.si, Bobur P.si, Qodiriy P.si va b.). Uzbek filologiyasi tarixida P. bo’yicha dastlabki kuzatishlar «Qutadg’u bilig» (Yusuf xos Xojib), «Devonu lug’otit-turk» (M. Koshg’ariy) asar- laridan boshlangan. She’r nazariya- sini rivojlantirishda Navoiyning «Muhokamat ul-lug’a-tayn», «mezon ul-avzon», Boburning «muxtasar» asar- lari muhim rol o’ynadi. Adabiyot va san’atning yuksak badiiyligi, goyaviy- ligi uchun kurash borgan va bo-rayotgan keyingi davrlarda uzbek adabiyotshu- noslari ham P. masalalarini tadqiq etishga katta e’tibor berdilar. Navoiy ijodi P.sini o’rganishda V. Zohidov, M. Shayxzoda, A. Hayitmetov, Yo. Isoqov va b.ning tadqiqotlari, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahxrr romanlari P, si bo’yicha M. Qo’shjonov, U. Normatov va b.ning, uz- bek she’riyati P.si haqila o. SHarafid- dinov va b.ning tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Uzbek folklori namuna- lari P.si ham tadqiq etilmoqda. Sultonmurod Olim.