Preformizm

Preformizm (lot. praeformo — ol-dindan hosil qilaman) — organism jinsiy hujayralarida embrionning rivojlanishi va undan hosil bo’ladigan organizm xususiyatlarini oldindan belgilab beradigan moddiy tuzilma- larning bo’lishi to’g’risidagi ta’limot. Pre-formistik qarashlar tarixan uzok, vakt davomida shakllangan. Dastlabki mikro-skopistlar (ya. Svammerdam, M. Malpigi, A. Levenguk va b.) fikricha, tuxum (ovizm) yoki urug’ (animalkulizm) hujayrada barcha organlar batamom shak- llangan, juda kichik murtakcha mavjud; rivojlanish fakat murtak qismlarining Yi-riklashuvidan ibo-rat. Tuxum yoki urug hujayrani 1-o’ringa qo’yishiga ko’ra, preformistlarni ovistlar va ani- malkulistlarga ajratish mumkin. Pre- formistlar ilgari surgan g’oya manti-qiy jihatdan kreasionistlarning tirik or- ganizmlarni Xudoning o’zi yaratganligi to’g’risidagi g’oyasiga yaqin keladi (q. Kre- asionizm). Preformis-tik qarashlarni keyinchalik hayotning o’z-o’zidan paydo bo’lishi to’g’risidagi va b. g’oyalarning muxoliflari (A. Gal-ler, Sh. Bonne, L. Spalantsani va b.) rivojlantirishdi, 18-a.ning 2yarmidan boshlab organizm ri- vojlanishidagi izdan chiqishlar, ota-ona belgilarining irsiylanishi, organlar re-generasiyasi to’g’risida ma’lumotlar to’planib borishi b-n rivojlanish- da yangi belgilarning muayyan tartibda hosil bo’lishi to’g’risidagi ta’limot — epigenez shakllandi. T. Mopertyui, J. B. Byuffon, ayniqsa, K. Volf to-vuq tu- xumi va o’simlik murtagining rivojla- nishini kuzatish asosida bu ta’limotni yoqlab chiqishdi. 19-a.ning 2yarmida urug’lanish va hujayra bo’linishi (mitoz)NNT mo-qiyati ochib berilishi hamda irsiyat va rivoj — lanish mexanizmlarining hujayra yadro- sidagi xromosomalar b-n bog’liqligi to’g’risidagi ta’limot paydo bo’lishi b-n preformistik qarashlar yana qaytadan yuzaga chiqa boshlaydi. Rivojlanish- ni faqat tashki sharoit ta’siri (ekto- genez) yoki moddiy bo’lmagan omil b-n bog’liqligi to’g’risidagi (vitalizm) epi- genetik g’oyalar asossiz ekanligi isbot qilindi. 19-a.ning oxirida organizm tu- zilishi va rivojlanishi hujayra yadrosi b-n bog’liqligi, xromosomalarning indi- vidualligi, ularning urug’lanish va bel- gilarning irsiylanishidagi axamiyati to’g’risidagi ta’limot ham o’z mohiyatiga ko’ra dastlab preformizmga yaqin edi. 20-a. o’rtalarida genlar kimyoviy tabia- tining aniqlanishi, irsiy axborotning saqlanishi va irsiyatga berilishi mexa- nizmining aniqlanishi b-n P.ning ko’p asrlik va qaramaqarshiliklarga boy ta- rixi ham bar-ham topdi.