Presessiya

Presessiya (lot. praecessio — ol- dinda harakatlanish) — qattiq jism (mas, giroskop) aylanish o’qining tor- tish kuchi ta’sirida konus shaklini chizib asta-sekin harakatlanishi. Shu o’q ayni paytda nutasion tebranma harakatlanishi ham mumkin (q. Nutasiya). Erning o’z o’qi atrofida aylanishi b-n bog’liq P. Er aylanish o’qining eklip- tika o’qiga taxm. 23,5° burchak OS-tida og’maligi sababli (erga, asosan, Quyosh va oyning gravitasion ta’siri ostida) kelib chiqadi. Buni Oy — Quyosh P.si deyiladi. Natijadaolam qutbi eklip- tika qutbi atrofida aylanma harakat qilib, 26000 y.da bir marta to’la ayla- nib chiqishi hisoblangan (rasmga q.). P.ni Gipparx mil. AV. 2-a.da kashf et- gan. P.ning kelib chiqishida boshqa say- yoralarning ta’siri nihoyatda kam. Quyosh va oy erning ekvatorial sohalariga ko’proq, ekvatordan uzoq sohalariga kamroq ta’sir ko’rsatishi erning ay- lanish o’qini burilib hara-katlanishga olib keladi. Shu sababli bahorgi (kuz- gi) tengkunlik nuqta Quyoshning ko’rinma harakatiga qaramaqarshi tomonga yili- ga 50,37″ ga sil-JIB boradi. Shu sabab- li Quyosh har yili baxrrgi tengkunlik nuqtaga 20 minut oldin etib keladi. P. oqibatida yul-duzlar osmonining sut- kali aylanish manzarasi ham asta-sekin o’zgarib boradi. Bundan 4600 y. oldin olam qutbi ajdaho yulduz turkumida- gi a yulduzi yaqinida joylashgan bo’lsa, endi bu nuqta hoz. Qutb yulduzi, ya’ni Kichik ayiq yulduz turkumining a yuldu- zi yaqiniga kelib qolgan. Yana 2000 y.dan keyin Tsefeya yulduz turkumining u yuldu- zi olamning qutb yulduzi bo’lib qoladi. 12000 y.dan keyin esa qoz. Qutb yulduzi- dan 5 g yirokda joylashgan lira yulduz turkumining a yulduzi — Vega qutb yuldu- ziga aylanadi. Bahorgi tengkunlik nuqta ekvatorial va eklip-tikal koordinata- lar sistemasining boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Shu sababli uning G’arb tomonga muntazam siljib borishi hamma yulduzlarning ekliptikal uzunlamasini har yili 50,26″ ga o’zgartirib, eklipti- kal kenglamasiga ta’sir qilmaydi. Bu hol P.ni ekliptika tekisligiga ta’sir etmasligini ko’rsatadi. Lekin P. ta’- sirida xdmma yulduzlarning ekvatori- al koor-dinatalari, ya’ni to’g’ri chiqishi va og’maligi muntazam o’zgarib boradi. Na-tijada yulduzlar osmonining man- zarasi erdagi har bir joyda ma’lum tarzda o’zgarib boradi. Shuning uchun yulduz jadvallarida yoki shunga o’xshash ro’yxatlarda yoritqichlarning koordina- talari ko’rsatilganda bu koordinatalar qaysi yilga, aniqrog’i qaysi bahorgi tengkunlikka tegishliligini ko’rsatish kerak bo’ladi. Yulduzlarning ekvatorial koordinatalari o’zgarishi tezligi ular- ning osmon sferasidagi vaziyatlariga bog’liq. Mac, olam qutbiga yaqin joy- lashgan yulduzlarning to’g’ri chiqishlari juda qisqa vakt ichida xam sezilarli o’zgaradi. Jumladan, hoz. Qutb yulduzi- ning to’gri chi-qishi 10 y.da bir gradus- ga o’zgaradi. Bundan tashqari, baxrrgi tengkunlik nuq-tasining siljib bori- shiga katta sayyo-ralar ham bir oz ta’sir ko’rsatadi, uni sayyoralar P.si deyiladi. Bu hodda erning siqiqligi, ya’ni shar shaklida emasligi ahamiyat kasb etmaydi. Sayyoralar fakat er orbitasini bir oz o’zgar-tiradi va natijada ekliptika te- kisligi vaziyati, binobarin, ekliptika qut-bining yulduzlarga nisbatan vaziyati o’zgaradi. Sayyoralar sodir etadigan P. na-tijasida bahorgi tengkunlik nukta yiliga sharqqa tomon 0,114′ ga siljiydi. Oy — Quyosh va sayyoralar ta’sirida ke- lib chiqadigan P.lar yig’indisi umumiy P. deyiladi. Hozir umumiy P. ta’siri- da olam qutbi qutb yulduziga yaqinlashib kelmoqda. 2100 y.da ular orasidagi maso- FA 28′ ni tashkil etadi (hozir bu masofa Gga yakin), keyin ortib boradi. Erning aylanish o’qi o’rtacha vaziyatiga nisbatan yana kichik tebranishlarga ham ega. Buni Er o’qining nutasiya harakati deyiladi. P. kattaliklari yulduzlarning xususiy harakatlarini statistik tahlil qilish asosida aniklanadi va tekshirib borila- Di. Bunda yulduzlarning fazodagi Quyosh harakati va Galaktikamizning aylanishi sababli siljishlari ham hisobga oli- nadi. Shuning uchun umumiy P. kattali- klari jadvallar ko’rinishida maxsus astronomik yilnomalar yoki kalendar- larda e’lon qilinadi. Ad.: Bakulin P. I. va b., Kurs obtshey astronomii, M., 1970; Podobed V. V., Nesterov V. V., Obtshaya astronomiya, M., 1983. Abdusalom Latipov.