Primore o’lkasi

Primore o’lkasi — RF tarki- bidagi o’lka. 1938 y. 20 okt.da tuzilgan. Uzok, Shark, federal okrugiga kiradi. Rossiyaning chekka Jan.-Sharqiy Femi- da, Primoreda joylashgan, Yapon den- gizi b-n o’ralgan. G’arb va Jan.-g’arbdan Xitoy va KXDR b-n chegaradosh. Mayd. 165,9 ming km2. Aholisi 2068,2 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, Belorus va b. millat vakilla- ri ham yashaydi. Shaxar aholisi 78,3%. Markazi — Vladivostok sh. Boshqa Yi- rik shaharlari — Naxodka, Ussuriysk, Artyom, Bolshoy Kamen, Arsenev, Par- tizansk, Spassk-Dal-niy, Dalnegorsk, Dalnerechensk. P. o’. Uzoq Sharqning Jan. qismida joylashgan. Kirgoklari Jan .da juda parchalangan. Qo’ltiklaridan eng yirigi — Ulug’Pyotr qo’ltig’i. Yirik orollari: Rus, Popov, Putyatin, Askold. O’lkaning Markaziy qismini Sixotealin tog’lari egallagan (bal. 1855 m gacha, oblachnaya cho’qqisi), g’arbida Ussuri va Xanka ko’li bo’yi paettekisliklari mavjud. Qo’n- g’ir ko’mir va toshko’mir, polimetall rudalar, oltin, qalay, grafit, qurilish materiallari konlari mavjud. Iqlimi mo»tadil mussonli iqlim. Qishi sovuq, qisqa. Yanv.ning o’rtacha t-rasi sohilda — 12°dan -14° gacha, ichki rayonlarda -20°dan -27°gacha, eng past t-ra yanv. da: Vladivostokda — 30°, o’lkaning ichki qismlarida -40° dan -45° gacha. Yozi seryomg’ir, tez-tez tsiklonlar bo’lib tu- radi. Ezda eng yuqori t-ra 40°, iyulning o’rtacha t-rasi 14-21°. Yiliga 600-900 mm yog’in tu-shadi. Qirg’oq bo’ylab sovuq oqim o’tga-nidan, sohilda uzoq vaqt tuman bo’lib turadi. Yoz oxiri va kuzda tez-tez tay-funlar qam bo’lib o’tadi. Vegetasiya davri o’lka shim.da 120 -130 kun, Jan. da 160-200 kun. Eng yirik daryosi — Amur, uning irmoklari: Ussuri, bikin, Krilovka, Arsenevka va b. Daryolardan sholipoyalarni sug’orishda foydalani- ladi. Jan.-g’arbida yirik Xanka kuli bor. Asosan, qo’ng’ir-o’rmon va qo’ng’ir- tayga podzol tuproqlari, tekisliklarda qo’ng’ir-podzol va o’tloqi-qo’ng’ir podzol- lashgan tuproqlar, Daryo vodiylarida al- lyuvial tuproqlar tarqalgan. Pasttekis- liklar va Daryo vodiylarida dehqonchilik qili-nadi. O’lka hududining 90% i o’rmon. XANKA bo’yi pasttekisligida botqoqliklar bor. Hayvonot dunyosi turlarga boy. Tuyoqlilardan: goral, Xoldor bug’u, iz- Yubr, elik, kabarga, Los, qobon va b.; yirt-qichlardan Ussuri yo’lbarsi, silov- sin, qoplon, bo’ri, ayiq, sobol, enotsi- mon it, Ussuri mushugi, tulki, kolonok, Qunduz, rosomaxa va b: kemiruvchilardan tiyin, yovvoyi quyon, burunduk, polyov- ka va b. yashaydi. Mo’ynali hayvonlar va bug’u ovlanadi. Suv havzalarida 100 dan ziyod balik, turi uchraydi. O’lka hududida Sixotealin, Lazo, uzoq Sharq dengiz qo’riqxonalari, Kedrovaya Pad, Ussuri, XANKA qo’riqxonalari joylashgan. Sanoatining asosiy tarmoklari: ba- lik ovlash va uni qayta ishlash, «Dalmo- reprodukt», «Primorribprom» korxona- lari, tral va refrijerator Flo-tining Vladivostok bazasi, mashinasozlik va metallsozlik (aviasozlik, kemasozlik va kema ta’mirlash); o’rmon va yog’ochsozlik, rangli metallurgiya, kimyo, qurilish ma- teriallari, kumir, engil, oziq-ovqat sanoatlari. Artyom, Partizansk, Pri- morsk issiqlik elektr styalari faoliyat ko’rsatadi. Asosiy sanoat markazlari — Vladivostok, Naxodka, Ussuriysk, Spassk-Dalniy, Arsenev, Dalnegorsk sh.lari. K-x.da, asosan, bug’doy, sholi, suli, soya, kartoshka, sabzavot ekiladi. Bog’dorchilikda olxo’ri, nok, olcha, kri- jovnik, qoraqat, uzum etishtiriladi. Chorvachiligi go’sht-sut etishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, cho’chqa, qo’y va echki, parranda boqiladi. Darrandachi- lik, bug’uchilik va asalarichilik ham sal- mokli o’rin tutadi. Transportda t.y. etakchi o’rinda (uz. — 1566 km, tashiladigan jami yuklarning 80%i). O’lka hududidan Transsibir t.y. magistrali o’tgan. Dengiz transporti- ning ham ahamiyati katta. Yirik portla- ri: Vladivostok, Naxodka, Vostoch-niy. Asosiy avtomobil yo’li: Xabarovsk — Vladivostok. Avtoyo’llar uz. 7003 km. Xavo yo’llari ham rivojlangan. 10 oliy o’quv yurti, bir qancha i.t. in-tlari, 4 mu- zey, kartinalar galereyasi, 4 teatr, Fi- larmoniya, radio va televizion stantsiya, iqlim va balchik, kurortlari (Sadgorod, Shmakovka va b.), 4 turis-tik bazasi bor.