Primitivizm

Primitivizm — 19-a. oxiri -20-a. boshlarida yuzaga kelgan avangard san’at oqimi; badiiy vositalarni sod- dalashtirish va primitiv shakllar (ib- tidoiy davr, madaniy jihatdan rivoj- lanmagan xalklar san’ati, xalq ijo-Di hamda bolalar rasmi)ga murojaat etuv- chi yo’nalish. Rassomlarning zamonaviy voqelikdan noroziligi natija-sida hayotdan qochib san’atning ilk davrla- riga qaytishi P.ning keng tarqalishini ta’minladi. P. hamma xalklar san’atida mavjud. P. shuningdek, san’atga daxldor bo’lgan, birok, professional ta’lim olmagan, xalq ichidan chiqqan havaskor rassomlarning uslubini ham ifoda- laydi. P. yangi dunyo madaniyatidan holi bo’lgan, undan «sof» san’at sifatida targ’ib qilindi. AQShda sodda portret va maishiy rasmlar, Rossiyada lubok shu yo’nalishdagi asarlardir. Anri Russo (Frantsiya), N. Pirosmanashvili (Gru- ziya), I. Generalich (Xorvatiya) va b.ning asarlari borliqni erkin, bolalarcha sod- da idrok etishi b-n diqqatga sazovor. P. professional ijodkorlar (P. Gogen, N. S. Goncharova, M. F. Larionov va b.) US- lubiga ham ta’sir ko’rsatgan. O’zbekistonda P. 19-a. 2yarmida ma- halliy xalq san’ati vakillari (Axmad Donish, Usta Shokirboy, S. Pochaev, N. Hafizov va b.) ijodida anik, sezila- Di. 20-a. 70-80-y.laridan bu san’atga qiziqish ortdi.