Printer

Printer (ing. printer) — kompyu- terna matn yoki grafik (rasm, sxema) tar- zidagi ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish (chop qilish) uchun mo’ljallangan bosish qurilmasi. Ma’lumotlar qog’ozga (ba’- zan, plyonkaga) oq-qora yoki rangli tarzda chop qilinishi mumkin. Shu jihatdan P.lar bir-biridan farq qiladi. Ular- ning ko’p turlari mavjud, lekin Matri- tsali, purkagichli va la-zerli turlari keng tarkalgan. Matrisali P.larda bosi- ladigan ma’lumotlar nuqtalar majmui (kombinasiyasi)dan hosil bo’ladi. Shu tufayli, ularning bosish sifati pur- kagichli va la-zerli P.larnikiga nisba- tan pastroq bo’ladi. Purkagichli P.larda ma’lumotlar maxsus «siyoxdonlar» yorda- mida, ya’ni bo’yoq (siyoh) tomchilarini pur- kash yo’li b-n qog’ozga bosiladi. Lazerli P.lar maxsus lazerli qurilma yorda-mida oq-qora yoki rangli qilib bosish imkoni- ga ega. Bunday P.da bosilayotgan nusxalar sifatli bo’lib chiqadi.