Pristli (Priestley) Jozef

Pristli (Priestley) Jozef (1733.13.3, Fildxed, Yorkshir — 1804.6.2, Nortamberlend, Pensilva- niya, AQSh) — ingliz faylasufi, kimyo- Gari, deizm tarafdori. 1794 y. AQSh ga muxrjir bo’lib ketgan. «Materiya va ruh to’g’risida tadqiqotlar» asari (1777) da tabiatning moddiyligi, ruh materi- yaning xususiyati ekanligi to’g’risidagi g’oyalarni ilgari surgan. D. Gartlining assosiasiyalar to’g’risidagi ta’limoti- ni rivojlantirgan. Kislorodni kashf etgan (1774), vodorod xlorid va ammi- AK hosil qilgan (1772— 74). Nafas olishchiqarish tufayli bu-zilgan havoni yashil o’simliklar «to-zalaydi», deb ko’rsatib o’tgan. Flogiston nazariyasini himoya qilgan.