Profilaktika

Profilaktika (Yun. profi laktikos saklovchi, oldini oluvchi) — odamlar- ning uzoq umr kurishi, ishlash krbiliya- tini saqlab qolishi, aholining jismo- niy rivojlanishini yaxshilash. kasalli- klarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olish hamda salomatlikni himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy, ijti- moiy, gigienik va tibbiy chora-tadbir- lar majmui. P. jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi. P. tushunchasi va uning amaliy shakli jamiyatning tarixiy taraqqiyoti davrida iqtisod, davlat tuzumi va ilm-fanning rivojlanishiga qarab o’zgarib turgan. P. qadim zamondan ma’lum. Qad. tib- biyotda shaxsiy gigiena va to’la-to’kis ovqatlanish qoidalariga amal qilish b-n kasalliklarning oldini olishga kat- ta ahamiyat berilgan, lekin P. 19-a.dan boshlab ilmiy jihatdan asoslab beril- Di. Kasalliklarning paydo bo’lishi va tarqalishida tashqi muhitning ahamiya- tini o’rganish, mikrobiologiya, fizio- logiya, immunologiya va gigiena sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar ilmiy P.ning tashkil topishiga imkon berdi. Zamonaviy P. inson salomatligi- ga salbiy ta’sir etadigan omillarni yo’qotishni ko’zda tutadigan hamda ular- ning jismoniy va ma’naviy irodalari- ni har tomonlama o’stirishni ta’min- laydigan, davlat va jamoat ahamiyatiga ega bo’lgan kompleks tadbirlar tizimini o’z ichiga oladi. Shaxsiy, jamoat, tibbiy P. farqlanadi. Shaxsiy P.ga insonning o’z sog’lig’ini saqlashi va mustahkamlashiga qaratilgan choralar, ya’ni sog’lom tur- mush tarziga amal qilish, shaxsiy gigie- na, nikoh va oila, shuningdek, kiyim-ke- chak, ovqatlanish gigienasi, o’sib kelayot- gan avlodni gigienik tar-biyalash, rasio- nal ishlash va dam olish, faol jismoniy tarbiya va sport b-n shug’ullanish kiradi. Jamoat P.siga jamoat tashkilotla- ri tomonidan fuqarolarni jismoniy va ma’naviy rivojlantirishni ta’minlov- chi, xalq sog’lig’iga yomon ta’sir qiluvchi omillarni kamaytirishga kara-tilgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, qonuniy, tarbiyaviy, sanitar-texnik, sanitargigi- enik, epidemiologik va tibbiy chora-tad- birlar kiradi. Tibbiy P. birlamchi va ikkilamchi bo’ladi. Birlamchi tibbiy P. kasalli-klarning kelib chiqish sabablari va rivojlanishiga qarshi qaratilgan ij- timoiy, tibbiy, gigienik va tarbiyaviy choralar; tashqi muxitning nomaqbul ta’siriga organizmning chidamliligini oshirish; organizmning soglom holatini saklab qolish, unga Pa-tologik ta’sir kursatuvchi omillarning oldini olish; dispanserizasiya o’tkazish va yuqumli kasalliklarga qarshi emlashdan iborat. Ikkilamchi tibbiy P. kasalliklarni erta aniklash, patologik jarayonning ri- vojlanishi, uning asoratlari va resi- divlarining oldini olishga karatilgan chora-tadbirlar. O’zbekiston mustaqillikka erishgan- dan so’ng insonlarning sog’lom turmush tarzini yaxshilashga, atrof-muhitni himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sportning ommala-shu- VI va profilaktik tibbiyotni rivojlan- tirishga karatilgan qonunlar, dasturlar qabul qilindi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlari ona va bolalar kasal- liklari va o’limining keskin kamayi- shiga, chilla davri kasalliklarining ol- dini olishga, soglom avlod yaratilishiga yordam bermoqda. Hoz. oldingi polikli- nikalar va shifoxonalar o’rniga oila- viy poliklinika va «onalar va bolalar» markazlari tashkil etildi. Tibbiyot in- tlarida oilaviy shifokorlar tayyorlash dasturiga o’tildi. Tug’ruqxonalar o’rnini perinatal markazlar egalladi. 21-a. boshida O’zbekistonda Respu- blika «Salomatlik» in-ti, viloyatlarda uning filiallari ochiddi.