PROKAT ISHLAB CHIQARISH

PROKAT ISHLAB CHIQARISH — po’lat va b. metallardan prokatlash yo’li b-n turli buyum va yarimfabrikatlar olish (q. Prokat), shuningdek, sifa-ti- ni oshirish maqsadida ularga qo’shimcha (mas, termik) ishlov berish. P. i. ch.ning asosiy mahsulotlariga yarim xom ashyo yoki zagotovka, list prokat, trubalar, mashina detallarining zago-tovkalari (g’ildiraklar, halqalar, o’qlar, sharlar va b.) kiradi. Prokatlash materialni Pro- kat stani vallari orasidan o’tkazishga asoslangan. Prokatlashning bo’ylama, ko’ndalang va ko’ndalang-vintli usullari bor. Bo’ylama usulda buyum qaramaqarshi yo’nalishda aylanadigan vallar orasidan o’tkazilib, plastik deformasiyalanishi natijasida ko’ndalang kesimi kichrayadi, uzunligi esa ortadi. Pro-katlanadigan buyumlarning 90 foizi shu usulda olina- Di. Ko’ndalang usul b-n ko’ndalang kesi- mi uzunligi bo’yicha davriy o’zgaradigan zagotovkalar, ko’ndalang-vintli usul b-n trubalar (quvurlar) prokatlanadi. List metallar ikki bosqichda Pro- katlanadi. Birinchi boskichda slyab (q. Bluming-slyabing) vallar orasidan bir- ikki marta o’tkazilib, 90° buriladi va ko’ndalang yo’nalishda prokatlanib, eni zarur o’lchamga keltiriladi. Ikkin- chi bosqichda zagotovka yana 90° burilib, bo’ylamasiga prokatlanadi. Qalin va yupqa listlar to’la mexaniza-tsiyalashti- rilgan uzluksiz stanlarda prokatlana- Di. Po’lat listlar taxta va rulon tarzida ishlab chikariladi. Payvand chokli va choksiztru bal ar ham prokatlash yo’li b-n tayyorlanadi. Payvand chokli trubalarni prokatlab tayyorlashda pech payvand, elektr pay- vand va gaz payvanddan foydalanila- Di (q. Payvandlash). Choksiz trubalar quyma yoki dumaloq kesimli zagotov-ka- lardan prokatlanadi. Buning uchun AV- val ko’ndalang-vintli prokat stanida qizdirilgan quyma yoki zagotovkada te- shik ochiladi, natijada kalin devor- li kalta gilza hosil bo’ladi va undan truba prokatlanadi. Bunda vallarning aylanishi natijasida zagotovka aylan- ma-ilgarilama harakatlanadi, zagotov- ka yo’liga diametri taxm. Trubaning ichki diametriga Moe keladigan opravka o’rnatiladi. Truba kerakli kalinlikka etkazilgach, kalibrlanadi va sovitilib, kerakli uzunlikda qirqiladi. Kesimi davriy o’zgaradigan bu-yumlar ham Pro- katlash usulida ishlab chiqariladi. Bungadavriy prokatlash deyiladi. Bundam prokatlashda zagotovka bir to- monga aylanuvchi ikki val orasidan o’tadi. Rangli metallar — alyuminiy, mis, magniy, rux va ularning krtishmalari- ni prokatlab, har xil ko’ndalang kesim- li list, lenta, sim va zar qog’ozlar tay- yorlanadi. Alyuminiy krtishmalaridan list prokatlash texnologik jarayoniga quyidagi asosiy operasiyalar kiradi: uzluksiz quyib olingan quymani xo- maki prokatlash, to’g’rilash, frezalash, quymaning ikkala tomoniga alyuminiy listlar qoplash, qizdirish, qizdirib prokatlash (4-12 mm kalinlikkacha), rulon qilib o’rash va sovuqlayin Pro- katlash. Sovuqlayin prokatlangandan so’ng rulonlar yoyilib, listlarga kesila- Di va termik ishlov beriladi. Uzluksiz quyib prokatlash usulida suyuq alyumi- niy taqsimlagich novdan o’tib, valiklar ora-sidagi bo’shliqqa tushadi, unda alyu- miniy vallarga tegib kristallanadi va hosil bo’lgan polosa Stan valiklari ora- sidan uzluksiz chiqadi. P. i. ch. Metallur- giya va mashinasozlik z-dlarida tashkil qilinadi (q. Metallurgiya).