Prokat stani

Prokat stani — metal quymalarga bosim b-n ishlov berish (Pro- katlash) uchun mo’ljallangan agregat (ma- shinalar va qurilmalar tizimi). Asosiy ish qismi aylanib turuvchi vallar. Me- Tall shu vallar orasidan o’tganda prokat- la-nadi (shakli o’zgaradi). P.eda ishlana- digan materialni ombordan qizdirish pechlari va Stan valiklariga keltirish, bir jarayondan ikkinchisiga o’tkazish, prokatlangan materialni Standan olish, ma’lum uzunlikdagi qismlarga bo’lish, markalash, o’rash, tayyor mahsulotni om- borga uzatish va b. yordamchi ishlar ham bajariladi. P.s. qachon va qaerda paydo bo’lgani noma’lum. Qalayni prokatlash uchun mo’ljallangan P. s.ning rasmi va taf- silotini Leonardo da Vinchi qoldirgan (1495). Temirni sanoatda prokatlash taxm. 18-a.dan boshlangan. Angliya, Ger- maniya, AQSh, Chexoslavakiya va Rossiyada turli P.s. birin-ketin paydo bulgan. Listlarni uzluksiz issiqlayin prokat- lash 1892 y.da teplisa (Chexoslovakiya) da qo’llanila boshlandi. Birinchi uzluk- siz keng polosali Stan 1923 y.da AQShda qurildi, 1930 y.da AQShda trubalarni sovuqlayin prokatlash o’zlashtirildi. 1940-60 y.larda SSSRda yangi texno- logik jarayonlar uchun qo’llaniladigan turli P.s.lar yaratildi. Mahsulot turiga yoki bajariladigan texnologik jarayonga qarab P. s. tuzilishi har xil bo’ladi. Ish kletlari (P.s.ning asosiy agregati) dagi vallar soniga, bu kletlarning joylashi- shiga va prokatlanadigan mahsulot turi- ga qarab P.s. turli xillarga bo’linadi. Aylanuvchi vallar orasidagi metallni deformasiyalovchi uskuna asosiy uskuna, yordamchi ishlarni bajaradigan uskuna (qaychilar, arralar, to’g’rilash mashinala- ri, rolgang va b.) yordamchi uskuna dey- iladi. Asosiy usku-nalar bir yoki bir necha asosiy liniyalardan iborat bo’ladi; ularning har birida uch xil qurilma joylashadi: ish kletlari (bir yoki bir necha) — prokatlash vallari, staninalar, o’rnatish mexanizmlari, o’tkazib yubor- gichlar, elektr dvigatellar va harakat uzatish qurilmalari. Vallarning ish kletlaridagi vaziya- tiga karab, gorizontal (ikki valli-duo, uch valli-trio, to’rt valli-kvarto va ko’p valli) hamda universal (vallari ham gorizontal, ham vertikal joylashtiril- gan) P.s.larga bo’linadi. Ish kletlari so- niga qarab, P.s. bir kletli, ikki kletli va ko’p kletliga bo’linadi. Bular bir yoki bir nechta li-niyalardan iborat bo’ladi. Prokatlanadigan mahsulot turiga qarab, qisish va zagotovka stanlari (BLU- ming, slyabing, sortli zagotovka, truba tayyorlagichlar); sortli material Stan- lari (rels-balka, yirik, o’rta va mayda sortli polosa, sim tayyorlaydigan ma- shinalar); list stanlari (0,25—50 mm gacha kalinlikdagi listlar tayyorlaydi); truba stanlari (dia-metri 650 mm va un- dan katta choksiz trubalar tayyorlaydi); sovuklayin prokatlash stanlari (list, lenta, zar qog’oz va b. tayyorlaydi); maxsus stanlar (g’ildirak, halqa va bandaj, shar, o’zgaruvchan kesimli profillar, tishli gildiraklar tayyorlaydi) bo’ladi. Yirik P.s.ni a VTO m atlasht i-r i sh xom ashyo materialni ombordan olish- dan to prokatni tayyor mahsulotlar om- boriga keltirishgacha, undan va-gonlrga yuklashgacha bo’lgan texnologik jarayon- larni boshqarish kabi bir kancha local tizimlar majmuidan iborat bo’ladi. Har qaysi lokal tizimning o’zi texnolo- gik jaraenlar haqida axborotlarni Yi- gadigan va uzatadigan ko’p va turli xil asboblar — datchiklardan iborat. Bular metall t-rasi, metallning valga bosi- mi, ishlanayotgan material parametrla- ri va b. haqida axborot uzatib turadi. Ana shu axborotlar lokal tizimlarnipg disoblash mashinasiga keladi. U kayta ishlanib, ushbu lokal tizimga tegishli bo’lgan P.s. mashina va mexanizmlarini boshqarish uchun buyruq beriladi. Tayyor mahsulot sifatini tekshi- rish va uning sirtiga muhofaza qatlami qoplash jarayonlarini avtomatlashtirish katta samara beradi. O’zbekistonda Be- kobod metallurgiya kombinatida yirik P.s. ishlab turibdi (yana q. Prokat ishlab chiqarish). Ad.: Mirboboev V. A., Vasilev G. P., Metallar texnologiyasi, T., 1971; Spesi- alnie prokatnie stani, pod Red. A.I. Tselikova, M., 1971; Tselikova A. I., Zyu- zin V . I ., Sovremennoe razvitie Pro- katnix stanov, M., 1972.