Programmalash, dasturlash

Programmalash, dasturlash -1) elektron mashinalarda masalalar- ni echish hamda ularda har xil akdiy mehnat turlarini bajarish na-zariyasi va usullarini ishlab chi-qish b-n shug’ullanadigan fan; algo-ritmlar na- zariyasining amaliy bo’limi; insonning mashina b-n aloqa qilish vositasi. Aso- siy vazifalaridan biri elektron mashi- nalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomil- lashtirishdan iborat. Echilishi lozim bo’lgan masala algoritmi P.da «mashina tili»ga o’tkaziladi. P. ikki asosiy kiem: bevosita P. va avtomatik P.ga bo’linadi. Bevosita P.da programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashi-naga kiritishgacha bo’lgan barcha ishni Pro- grammachi bajaradi. Avtomatik P.da esa programmachi fakat programma sxemasi- ni tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinitshda yozadi, profamma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning o’zi maxsus P. Program- masi yordamida bajaradi. P. jarayoni, odatda, quyidagi bos-qichlarga bo’linadi: masalaning qo’yilishi; masalaning algoritmik tav- si-fini tuzish; masalani yuqori dara- jadagi programma tilida P.; masalani taxminiymashina tilida P.; masalani mashina tilida P. P. tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar kon- kret mashina komandalari sistemasiga boglis bo’lmasligi va iboralar struk- tu-rasi jihatidan umumiy xususiyatga ega bo’lishi b-n boshqa tabiiy tillarga o’xshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga bo’li- nadi, ularning bir-biri b-n bog’liqligi qavslar b-n, alohidaligi nukali vergul b-n ajratiladi. Operator tilning amal birligi bo’lib, o’z navbatida, o’zgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi operator- lar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmog’ini tanlovchi (shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi tsikl ope-ratorlariga bo’linadi. Tavsif- da o’zga-ruvchan kattalik va b. belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror xususiy masalani echish uchun tuzilgan Program- mani simvolik ravishda funktsional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzish- da kichik programmalardan tayyor holda foydalanish mumkin. Juda ko’p P. tillari (Algol-60, q. Algol), muhandislik va ilmiy masala- larni echish uchun Fortran, iqtisodiy hisoblashlar uchun Kobol, matematik mo- dellar uchun si mula, tako-millashgan Algol-68, PL/I yaratildi. Ularning har biri uchun shu tillarda ifodalangan ma- salalarga qarab mashina programmasini avtomatik tarzda qaytatuzuvchi translya- torlar mavjud. Taxminiy mashina tili ikkilik sistemadan ko’ra yanada qulayroq simvollarda ifodalangan mashina ko- mandalari terminlaridagi programma- lar bo’lib, bunda ko’pincha, yuqori dara- jadagi til sifatida blok sxemalardan foydalaniladi. P.ning programma tuzilgandan ke- yingi yana bir asosiy bosqichi «tek- shirish» (otladka) bo’lib, bunda yo’l qo’yilgan xatolar topiladi va tuzati- ladi. Programmalar kodlanadi va ma- shinaga maxsus qurilma yordamida ki- ritiladi. Amaliyotda P.ning yangi va tez- kor usullari bor (2004); 2) matematik P. — amaliy matematikaning bir bo’limi; umumiy ma’noda — biron-bir funktsiya fo(x) ning ekstremumini (q. Ekstremum) topish masalasi tushu-niladi.