Ptolemey Klavdiy

Ptolemey Klavdiy (taxm. 170 y. vafot etgan) — yunon olimi. Iskandari- yada astronomik kuzatishlar olib borgan. P. «Almagest» va «surat ul-arz» nomli mashhur asarlar muallifi. «almaji- stiy» o’sha davrgacha bo’lgan astronomiya fani yutuklarining geosen-trik siste- madagi bayonidir. P.ning «geografiyadan qo’llanma» asa- rida muhim geografik ma’lumotlar b-n birga ko’plab geografik joylar, jumla- dan, O’rta Osiyoning Buxoro, Samarqand, Ko’lob, Kos, Binket, Shosh, Zomin, Forob, Farg’ona kabi shahar va viloyatlarining geografik koordinatalari keltirilgan. P. asarlari Sharkda astronomiya, mat. va geografiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Beruniy «Qonuni Ma’- sudiy» asarini yozishda P. asarlariga asoslangan. P.ning matematika, astrono- miyaga bag’ishlangan «Analemma», «PLA- nisferiy», «o’lchamlar haqida» va b. asarlari ma’lum. Optikaga oid 5 jildli risolasi tamoman yo’q bo’lib ketgan deb hisoblanardi. 1801 y. uning arabchadan lotin tiliga qilingan to’liq tarjimasi topilgan. Ad.: Bronshten V. A., Klavdiy Ptole- Mey, M., 1988.