«Qashqadaryo»

«Qashqadaryo» — Qashqadaryo viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 1925 yil 22 mayda qarshi shahrida «Qashqadaryo» nomi bilan nashr etila boshlagan. Keyinchalik «Sotsializm alangasi», «yengish» (1934), «Qashqadaryo haqiqati» (1935) nomlarida chop etilgan. 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati tugatilib, Surxondaryo viloyatiga qo’shilishi munosabati bilan «Qashqadaryo haqiqati» gazetasi o’z faoliyatini to’xtatgan. 1964 yil 7 Fevralda yana chiqa boshlagan. 1997 yil 11 iyunda «Qashqadaryo haqiqati» va «Kashkadarinskaya Pravda» gazetalari tahririyatlari birlashtirilib, «Qashqadaryo» nomida o’zbek va rus tillarida nashr etilgan. 2005 yil 1 yanvardan «Qashqadaryo» va «Novosti Kashkadari» gazetalari har qaysisi alohida mustaqil nashr sifatida o’zbek va rus tillarida chop etilmoqda. Sahifalarida viloyat aholisining respublika, viloyat va dunyo miqyosida ro’y berayotgan yangiliklardan xabardor etish va ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga, xalq farovonligi va turmush darajasini mustahkamlash ishlariga jalb qilishga oid materiallar berib boriladi. Gazetaga turli yillarda S. Karimov, N.G’ulomov, U. Xo’jaev, yilumarov, S.Qodirov, R.Nurmatov, B.Norqobilovlar muharrirlik qilishgan. Hozirgi bosh muharriri Narzullo Ravshanov. Adadi 4001 (2005).