Qoqlar

Ma’nosi

Qoqlar — O`rta Osiyo cho`llaridagi taqirlarda uchraydigan tabiiy sayoz botiqlar. Qoqda bahorgi yog`ingarchilik vaqtida suv bo`ladi. Yoz kelishi bilan suv qurib, yer yuzasi tuz qatlami bilan qoplangan taqirga aylanadi. Turkmanistonda gil jinslar tarqalgan joylarda bahorgi yomg`ir suvini to`plash uchun quriladigan hovuzchalar ham qoqlar deyiladi. Bunday hovuzchalar diametri 2-3 m, chuqurligi 1 m atrofida bo`ladi. Suvdan chorva mollarini sug`orishda vaqtincha foydalaniladi.

O‘xshash so‘zlar

Q harfiga oid geografiyaga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar