Qora metallurgiya

Qora metallurgiya — sanoatning cho`yan, po`lat, ferrotqotishmalar, prokat, truba va boshqa metall buyumlar ishlab chiqariladigan tarmog`i. Qora metallurgiya ketma-ket bir necha jarayondan iborat: ruda qazib chiqarish, domna (cho`yan eritib olish), marten (po`lat eritib olish), prokat (po`latdan balkalar, relslar, simlar yasash). Cho`yan eritib olish uchun domna pechiga temir rudasi bilan birga yoqilg`i (koks yoki yog`och ko`mir) va flyus solinadi. Po`lat maxsus xossalarga ega bo`lishi uchun eritayotganda boshqa metallar qo`shiladi. Hozirgi zamon metallurgiya korxonalari domna, po`lat eritish, prokat sexlaridan, koks ishlab chiqarish va koks gazlarini ishlatuvchi korxonalardan iborat. Domna pechlari bo`lmagan, temir-tersak va tayyor cho`yandan po`lat ishlab chiqaradigan korxonalar qayta eritish metallurgiyasi deyiladi. Mashinasozlik zavodlari qaramog`ida bo`lgan va kerakli sortda po`lat, cho`yan quyadigan metallurgiya sexlari kyenjametallurgiya deyiladi. Keyingi vaqtda elektrometallurgiya, ya’ni elektr pechlarda po`lat eritish taraqqiy etmoqda (masalan, Bekobod metallurgiya zavodi elektr pech bilan ishlamoqda).