REVALVATSIYA

REVALVATSIYA — lotincha so’zdan olingan bo’lib, qadrini oshirish ma’nosini anglatadi, milliy pul birligi kursining boshqa mamlakatlar pul birligi kursiga nisbatan ko’tarilishi. Oltin paritetlar bekor qilinguncha (1971-yil) revalvatsiya valyuta asosida sotuvchi oltin miqdorini ko’paytirish bilanbirga amalga oshirilgan. О’zining milliy valyutasini revalvatsiya qiluvchi mamlakat uchun chet el valyutasini arzonroq sotib olishga imkoniyat vujudga keladi. Shuning uchun, kapitalni eksport qiluvchilar tovarlarni import qiluvchilar manfaatlari qarzdorlar va tovarlarni eksport qiluvchilar manfaatlari dan baland bo’lganda revalvatsiya amalga oshiriladi. Shuningdek, revalvatsiya inflyatsiyaga qarshi kurashda va to’lov balansining aktiv saldosini tiyib turishda qo’llaniladi. Qog’oz — pul muomalasi sharoitida revalvatsiya va devolvatsiyadan asosan milliy valyuta kursini tartibga solishda foydalaniladi. Revalvatsiya valyuta qiymatini faqat xalqaro iqtisodiy aloqalarda oshiradi. Ichki bozorda inflyatsiya tasiri natijasida uning sotib olish qimmati boshqa mamlakadarga nisbatan kamroq darajada pasayishi ham mumkin. Ikkinchi jahon urushidan song dunyoda 500 marta devolvatsiya va faqat 10 marta revalvatsiya amalga oshirilgan. Oxirgi yillarda g‘arb mamlakatlari valyutaning suzib yuruvchi kurslaridan foydalanmoqdalar, bunda ular revalvatsiyani boshqa shaklda, ya’ni o’z valyutalarining bozor kursini oshirib, uning rasmiy kursini o’zgartirmasdan qoldirgan holda amalga oshirmoqdalar.