Romanovskiy Vsevolod Ivanovich
Romanovskiy Vsevolod Ivanovich (1879.4.12, Olmaota — 1954.6.10, Toshkent) — matematik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943), Peterburg universitetini tugatgan (1906). Varshava universiteti professor (1911 — 15), Rostov-Don universiteti professor (1915— 18), 1918 yildan umrining oxirigacha O’rta Osiyo universitetida professor. Romanovskiy Toshkent matematika maktabi asoschisi. U ehtimollar nazariyasi va matematik statistikata katta hissa qo’shgan. Markov zanjirlarini chuqur o’rganib, umumlashtirgan, bu sohada matrisalar usullarini yaratgan; Markaziy limit teoremani ko’p o’lchovli holga o’tkazgan. Matematik statistika sohasida Romanovskiy bosh to’plam empirik xarakteristikalari taqsimot funktsiyalariga doir ishlari bilan mashhur. Romanovskiy o’z ishlarida statistik nazorat, statistika usullarini xalq xo’jaligida qo’llashga alohida e’tibor bergan. O’zbekistonda oliy matematika ta’limini yo’lga qo’yish va rivojlantirishda, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutini tashkil etishda (1943) Romanovskiyning xizmatlari katta. T. A. Sarimsoqov. S. H. Sirojiddinov va boshqalar uning shogirdlari. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi matematika institutiga uning nomi berilgan (1954). As: Izbr. Trudi, t. 12, T., 19591964; Matematicheskaya statistika, t. 1-2, T., 19611963; matematik statistikaning tajribada qo’llanishi, T., 1950.