Sautxempton
Sautxempton — Buyuk Britaniyaning janub qismidagi shahar. Aholisi 212 ming kishi (1990-yillar oxiri). Lamansh bo’g’ozi sohilidagi yirik yo’lovchi tashuvchi va savdo porti. Sautxemptonda kemasozlik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Shahar 10-asrdan ma’lum. 10-12-asrlarda qurilgan me’moriy yodgorliklar saqlangan. Iqlim kurorti. Sautxempton yaqinida yirik neftni qayta ishlash zavodi, neft kimyosi va aviasozlik korxonalari qurilgan.