Sena

Sena — Frantsiyadagi daryo. Uzunligi 776 kilometr, havzasining maydoni 78,6 ming km2. Parij havzasi tekisligidan oqib o’tib, Lamansh bo’g’ozining Sena buxtasiga quyiladi. Asosiy irmoqlari: Marna, Uaza. O’rtacha suv sarfi 450 m3/sekund, qishda suvi ko’payadi. Trua shahridan boshlab kema qatnaydi. Kanallar orqali Shelda, Maas, Reyn, Sona, Luara daryolari bilan bog’langan. Sena Frantsiyaning eng muhim suv yo’li. Sena bo’yida Parij, Ruan shaharlari joylashgan. Estuariysida Gavr dengiz porti bor.