Shirvonshohlar saroyi
Shirvonshohlar saroyi — Bokudagi me’moriy majmua (15-16-asrlar); o’rta asrlar Ozarbayjon me’morligining muhim namunasi. Majmua 2 qavatli saroy, 8 qirrali gumbazli devonxona (15-asrning oxiri, atrofi ravoqli 5 qirrali ayvon bilan o’ralgan), to’rtburchak tarhli maqbara (1435), hashamdor peshtoqli xonaqoh, 2 gumbazli va minorali masjid (1442), 8 qirrali Said Yahyo Bokuviy maqbarasi, darvoza (1585), Sardoba va hammomdan iborat. Turli davrlarda yaratilgan inshootlarni o’z ichiga olgan majmuaning yaxlitligini me’moriy usullarning umumiyligi belgilagan. Binolarning hajmlarini ifodali bezaklar ziynatlaydi. Shirvonshohlar saroyi muzeyga aylantirilgan.