Shis
Shis — Islom manbalari rivoyatiga ko’ra, payg’ambar, Odamatoning Hobil o’ldirilganidan keyin tug’ilgan 3-o’g’li. Injilda sif deb atalgan. Xudojo’y kishi bo’lgan, Allohdan unga vahiy kelib turgan. Vahiy 50 sahifani tashkil etgan, deb hisoblanadi. Makkada yashagan, haj marosimini muntazam ravishda ado etgan. Loy va toshdan Ka’ba binosini qurgan. Odamato va Momohavo qatori Makka yaqinidagi Abu Qubays tog’ining g’orida dafn etilgan.