Shisha

Shisha — tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, germaniy oksidlari va boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, qo’rg’oshin va boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish yo’li bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil bo’lgan amorf mo’rt material. Shisha qizdirilganda kristall moddalar kabi ma’lum bir temperaturada suyuqlanmaydi va qotmaydi, balki asta-sekin qattiq holatdan cho’ziluvchan yumshoq holatga va nihoyat suyuq holatga o’tadi. Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi sovitilganda ma’lum tralar oralig’ida avval plastik holatga o’tadi, so’ngra qotadi. Shisha — izotrop, ya’ni uning fizik xossalari (yorug’lik nurini sindirish ko’rsatkichi, issiqlik o’tkazuvchanligi va boshqalar) turli yo’nalishlari bo’yicha o’lchanganda bir xil bo’ladi. Tarkibidagi anorganik birikmalarning turiga ko’ra, Shisha quyidagi sinflarga bo’linadi: elementar Shisha, oksid Shisha, galogenid Shisha, xalkogenid Shisha va aralash Shisha. Elementar Shisha — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen, margimush, fosforni, o’ta tez sovitilganda esa ba’zi metallarni ham shishasimon holatda olish mumkin. Oksid Shishaning asosiy komponentlari kislorodli birikmalardan tashkil topgan. Kremniy, germaniy, bor, fosfor, margimush oksidlari juda osonlikcha Shisha hosil qiladi. Xalkogenid Shisha sulfidlar, Selenidlar va telluridlar asosida olinadi. Margimush sulfid (A8,83), surma sulfid (8253), selenidlar (Az28e3), (828e3), telluridlar (A$2te3) asosidagi Shishalar ma’lum. Galogenid Shisha berilliy ftorid Veg’2 va rux xlorid 2ps12 asosida olinadi. Oksid Shisha tarkibidagi Shisha hosil qiluvchi oksid xiliga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi (qavslarda Shisha hosil qiluvchi komponent ko’rsatilgan): silikat Shisha (8YU2), borat Shisha (V,03), fosfat Shisha (R2b5), germanat Shisha, (Oe02), borosilikat Shisha (V20, va 8YU2), alyumosilikat Shisha (A1203 va 8YU2). Ishlatilishiga ko’ra, qurilish Shishasi (deraza oynasi, Shisha bloklar va boshqalar), me’morlik-qurilish Shishasi, avtomobil Shishasi, termik barqaror Shisha, kimyoviy laboratoriya Shishasi, tibbiyot Shishasi, optik Shisha, elektro-vakuum Shishasi, yorug’lik texnikasi Shishasi, idish Shishasi, navli Shisha, shuningdek Shisha tola va Shisha plastiklar farqlanadi. Ionlovchi nurlardan saqlaydigan Shisha, yorib o’tuvchi radiasiya indikatorlari Shishasi, o’zgaruvchan yorug’lik o’tkazuvchi fotoxrom Shisha, lazer materiallari sifatida qo’llanadigan Shisha, eruvchan Shisha va hokazolar ishlab chiqariladi. Eng oddiy tarkibli bir komponentli kvars Shishasi sanoatda kremniy dioksid 8YU2 asosida olinadi. Me20p 8YU2 (bu yerda Me — №, K; p=2*4) tarkibli eruvchan binar ishqoriy-silikat Shisha ham sanoat ahamiyatiga ega. Deraza oynasi, me’morlik-qurilish, navli, idish va boshqalar sanoat Shishalari asosini №20—Sao—8YU2 uchlik sistemadagi kompozisiyalar tashkil etadi. Bu oksidlardan tashqari ular tarkibiga Shishaning kristallanishga moyilligini susaytiruvchi M§0 va kimyoviy barqarorligini oshiruvchi A120, kiradi. Ba’zi Shisha turlarining kimyoviy tarkibi jadvalda keltirilgan. Sh.ning xossalari uning tarkibidagi komponentlarga bog’liq. Eng tavsifli xossasi uning shaffofligidir (deraza oynasining shaffofligi 83— 90%, optik Shishaniki esa 99,95% gacha). Shisha mo’rt jism, mexanik ta’sirlarga juda sezgir. Zichligi 22008000 kg/m3. Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy Shishalar mavjud. Sun’iy Shishaning paydo bo’lishini, odatda, kulolchilik bilan bog’laydilar. Kulolchilikda loydan yasalgan mahsulotni kuydirishda unga soda va qum tushgan bo’lishi, natijada buyum sirtida shishasimon sir (glazur) hosil bo’lgan bo’lishi mumkin. Shisha miloddan avvalgi 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila boshlagan. Dastlab bo’g’iq Shisha ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-sekin o’zgartirila borgan. Undagi ishqoriy metallarning oksidlari 30% dan 20% gacha kamaytirilgan. Shishaga qo’rg’oshin va qalay oksidlari qo’shiladigan bo’lgan, rang kiritish maqsadida marganes va kobalt birikmalari qo’shilgan. Miloddan avvalgi 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 litrli sopol ko’zalarda Shisha eritilgan. Qadimgi Shishalar 1000-1100°da pishirilgan. 2 muhim masala — shaffof Shisha tayyorlash va mahsulotga puflab shakl berish hal qilingandan boshlab shishasozlik texnologiyasida muhim o’zgarish ro’y berdi. 19-asr oxirigacha shishasozlikda qo’l mehnati ustun edi, 20-asrning 20-yillaridan boshlab turli xil Shishalar ishlab chiqarish avtomatlashtirildi. Badiiy Shisha badiiy idish va buyumlar, me’morlik qismlari, manzarali kompozitsiyalar, haykaltaroshlik (asosan, kichik shakllarda), yoritqichlar, sun’iy bezak toshlar, Shisha mozaika va boshqalardan iborat. Dastlab qadimiy Misr (miloddan avvalgi 4-1-asrlar), Suriya, Finikiya, Xitoyda rivojlangan. Bu davrdagi shishasozlik maktablarining ish tajribalari yozilgan asar va kitoblarning eng qadimgisi miloddan avvalgi 2 ming yillarga oid bo’lib, ular qadimiy Mesopotamiyadan topilgan. Aynan shu mamlakatda loyga mixxatlar yordamida yozib qoldirilgan miloddan avvalgi 7-asrga taalluqli jadvallarda eng qadimgi rangli Shishalar tarkibi va tayyorlash usullari bayon etilgan. Arxeologik izlanishlar qadimgi sun’iy Shisha buyumlar miloddan avvalgi 4-ming yillik o’rtalariga mansubligini, ular ilk bor Misr yodgorliklarida, keyinroq Mesopotamiyada uchrashini ko’rsatadi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik o’rtalariga mansub Shisha mahsulotlar ko’pgina mamlakatlar yodgorliklarida topilgan. Qadimgi dunyo san’atida Shisha mahsulotlar (guldon, munchoq, isirg’a, tamga va boshqalar), asosan, sopol qoliplar yordamida tayyorlangan, lekin ular bo’g’iq (noshaffof), yashil, zangori, Feruza rangli bo’lgan. 6-asrdan badiiy shishachilik markazi sifatida Vizantiya shuhrat qozondi, G’arbiy Yevropada gotika davrida vitraj san’ati yuksak darajaga ko’tarildi. Musulmon sharqida 12-14-asrlarda Suriya Shishasi mashhur bo’ldi. 15-16-asrlarda Venetsiya Shishasi, 17-asrda Chexiya Shishasi dong taratdi. 1770-yillardan (dastlab Angliyada) billursimon Shisha ishlandi. 18-asrdan sun’iy qimmatbaho toshlar tayyorlash avj oldi. 19-asr oxiri va 20- asr boshida Shishadan amaliy bezak san’atida keng foydalanila boshlandi. O’rta Osiyoda bronza va temir davrlarida shaffof va turli rangli Shisha mahsulotlar tayyorlangan. Tuxolo (Toxariston) (hozirgi O’zbekistonning janubi va Tojikistonning bir qismini o’z ichiga olgan davlat)da havorang, qizil rangli Shisha tayyorlangan. Arxeologiya yodgorliklari o’sha davrlarda Samarqandda ham Shishadan bezak buyumlari ishlanganligini ko’rsatadi. Bolaliktepadan topilgan nok shaklidagi medalon (2,5×2 santimetr) Shishasi yashil bo’lib, gardishga o’rnatilgan. Movarounnahr 9-10-asrlarda Shishasi bilan ham shuhrat qozongan. 10— 12- asr shishasozlari metall qoliplar, qirquvchi, randalovchi dastgohlardan foydalanib badiiy Shisha mahsulotlari tayyorlaganlar. Tabiblarning idishlari, pardoz butomlari Shishadan ishlangan. O’rta asrlarda Shisha me’morliqda ham ishlatilgan. Venetsiyalik sayyoh Klavixo o’z xotiralarida Samarqandning ulug’vor binolarida rangli Shisha ishlatilganini yozgan. Ulug’bekning Chinnixona ko’shki, ishratxona maqbarasining ganch panjaralarida rangli Shisha ishlatilgan. Buxoro ham qadimdan o’z Shishasi bilan mashhur bo’lgan. Marv, Nisoda o’rta asrlarda Shisha tayyorlovchi ustalarning do’konlari bo’lgan. Xitoy manbalarida O’zbekiston hududidan Xitoyga borgan ustalarning milodiy 424 yilda shu yerli xalqni shishasozlik sirlari bilan tanishtirganliklari, Shishadan imperator uchun maxsus taxt yasab berganliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Amerika olimi E. Sheferni «Samarqandning oltin shaftolilari» nomli kitobida (1881 yil) Xitoyga tan imperiyasi davrida (7-10-asrlar) Farg’onadan (675 va 761 yillar), Toxaristondan (hozirgi Surxondaryo viloyati) (730 va 741 yillar) va Keshdan (hozirgi Shahrisabz) (746 yil) qizil va ko’k, havorang, tiniq va shaffof Shishalar (xitoycha «boli») va qimmatbaho tabiiy toshlar singari nur o’tkazmaydigan rangli Shishalar (xitoycha «lyuli») olib borilganligi qayd etilgan. Bu ma’lumotlar ilk o’rta asrlarda shishasozlik O’zbekiston hududida yuqori darajada rivojlanganligini ko’rsatadi. Shisha ishlab chiqarish jarayoni xom ashyo (tabiiy yoki sun’iy) komponentlarini tayyorlash, aralashtirish (shixta hosil qilish), pishirish, Shisha massasini sovitish, shakl berish, qizdirish va ishlov berish (termik, kimyoviy va mexanik)dan iborat. Asosiy xom ashyo sifatida kvars qumlari, soda, potash, ohaktosh, kaolin, dala shpatlari, turli oksidlar, yordamchi materiallar o’rnida bo’yagichlar (kobalt, nikel, temir, xrom, mis oksidlari va boshqalar), oksidlovchilar (natriy yoki kaliyli selitra va boshqalar) va qaytaruvchilar (ko’mir, koks, vino toshi, qalay birikmalari) ishlatiladi. Shisha sanoatda, asosan, vanna pechlarida va maxsus xumdonlarda pishiriladi. Shisha pishirish jarayoni Shisha massasini suyuqlantirish, tiniqlashtirish (havo va boshqalar gazlardan tozalash), gomogenlash va sovitishni o’z ichiga oladi. Shisha 1400— 1450°da pishiriladi, 14601500°da tiniqlashtiriladi va gomogenizatsiya qilinadi, 1200— 1300°da sovitiladi. Shishaga shakl berish va undan buyumlar yasash presslash, puflash, cho’zish va prokatlash yo’libilan amalga oshiriladi. Shishani 500-600″da (shishalanish temperaturasidan 20-30° yuqori) asta-sekin sovitish yoki sovitish temperaturasidan keskin sovitish (toblash) yo’li bilan undagi ichki kuchlanishlarning bir tekis taqsimlanishiga erishiladi. Shisha toblanganda mexanik mustahkamligi ortadi. Shisha xalq xo’jaligida (sanoat inshootlari qurilishida), Shisha tola va Shisha plastiklar ishlab chiqarishda, texnikaning turli sohalarida — optika, asbobsozlik, yorug’lik texnikasi, elektrovakuum sanoatida kimyoviy laboratoriya jihozlari, Shisha idishlar, badiiy va maishiy buyumlar ishlab chiqarishda keng qo’llanadi. Ad.: Abdurazakov A.A., Bezborodov M.A., Zadneprovskiy Yu.A., Steklodelie Sredney Azii v drevnosti i srednevekovye, T., 1963; Amindjanova M., Sayko E., Keramika, steklo i farfor v Sredney Azii, T., 1968; Artamonova M.V., Asla- Nova M.S., Bujinskiy I . M . i dr., ximicheskaya texnologiya stekla i sitallov, M., 1983; Abdurazakov A. A., Bezborodov M.A., Srednevekovme stekla Sredney Azii, T., 1966. Abdug’ani Abdurazeoqov, Rustam Ma’rupov.