Shoh Shujo
Shoh Shujo (1617-1661) Boburiy shahzodalardan. Shoh jahonning 2-o’g’li, onasi mumtoz mahal Begim. Shoh Jahon uni 1639 yilda Bangalga hokim etib tayinlagan. 1642 yilda unga Orissa ham tortiq qilingan. Shoh Shujo atrofidagi boshqa yerlarni ham zabt etgan, ya’ni amalda Sharqiy Hindiston uning tasarrufida bo’lgan. U bu o’lkalarda 20 yildan ortiq (1639-60) hukmronlik qilgan. Shoh Jahon 1657 yilning dekabrda Bangalda o’zini podshoh deb e’lon qilgan. Otasi vafot etgach, akauka shahzodalar o’rtasida taxt uchun kurash boshlanib ketgan. 1659 yil 5 yanvarda Avrangzeb Shoh Shujoni jangda mag’lub etadi, u qolgan qutgan askarlari bilan Bangalga qochgan. 1660 yilda oilasi va navkarlari bilan arakan (hozirgi Myanma) ga panoh istab kelgan, avval Makkaga, undan yo Turkiyaga, yo Eronga o’tib ketish niyatida bo’ladi, lekin ayrim ma’lumotlarga qaraganda, o’sha yerda bolachaqasi bilan birga o’ldirib yuboriladi. Shoh Shujo o’qimishli, madaniyatli shaxs bo’lgan, saroydagi shoir va olimlarni rag’batlantirgan. Bunyodkorlik ishlari olib borgan — bara Katra (katta saroy), Iydgoh, Husayniy dolon, masjidlar, Anand saro’var nomli katta suv havzasi qurdirgan, atrofida Devoni xos, Deyuni om, hammomlar, favvoralar bunyod ettirgan.